iPad foydalanuvchilari uchun “Beeline Uzbekistan” mobil ilovasida “Shaxsiy kabinet” yangi xizmati ishga tushirildi
25.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Beeline Uzbekistan” mobil ilovasining imkoniyatlari kengaygani haqida xabar beradi. Endi iPad foydalanuvchilari uchun “Shaxsiy kabinet” xizmati mavjud, u orqali foydalanuvchilar o‘z balansi va sarflanmagan mobil Internet trafigini bilib olishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Bizning abonentlar – Apple mahsuloti foydalanuvchilari eng qulay va foydali opsiyalarga ega bo‘lishi uchun, birinchi mobil ilovamizga biz yanada ko‘p vazifadorlik qo‘shdik. Shaxsiy kabinetda endi foydalanuvchilar nafaqat yoqilgan xizmatlar ro‘yhatini ko‘rishlari va tarif rejalarini bilishlari, balki qolgan megabaytlarni tekshirishlari va balansdagi mablag‘larini bilishlari mumkin”.

beeline_25_02_2014

“Beeline Uzbekistan” mobil ilovasini quyidagi manzil bo‘yicha butunlay bepul yuklab olish mumkin: https://itunes.apple.com/us/app/beeline-uzbekistan/id722072887?mt=8

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq