UZMOBILE – CLICK tizimining yangi hamkori!

CLICK tizimining foydalanuvchilari endi UZMOBILE kompaniyasining xizmatlari uchun to‘lovlar o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

CLICK kompaniyasi joriy yilning 20-fevral kuni «O‘ZBEKTELEKOM» AK’ning UZMOBILE filialini tizimga ulatish ishlarini tugatdi. Bugungi kunga kelib, 120 000 ortiq bo‘lgan CLICK tizimining foydalanuvchilari shu kundan boshlab, UZMOBILE mobil telefonlarining balansini istagan paytlarida, 0% komissiya bilan to‘ldirish imkoniga ega bo‘ldilar.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazilishlari mumkin. Smartfon egalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va so‘rovlarga yanada tezroq ishlov berish maqsadida CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda Android va iOS operatsion tizimlar uchun mahsus ilovalar ishlab chiqargan.

UZMOBILE xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘tkazish imkonining yaratilishi “O‘ZBEKTELEKOM” AK bilan samarali hamkorlikning uchinchi bosqichidir. Davlatimiz tomonidan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarning va, shu bilan birga, elektron tijoratning rivojlantirilishiga qaratilayotgan e’tiborni hisobga olganda, ushbu hamkorlik o‘ta muhim ahamiyatga ega va raqamli texnologiyalarning rivojlanitirish bilan birga, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishda yorqin istiqbollarni ochib bermoqda. Kompaniya tomonidan “O‘ZBEKTELEKOM” AK’ning boshqa filiallari xizmatlari uchun ham to‘lovlarni o‘tkazish imkonini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system