Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun “Olimpiya VimpelCom” tanlovi boshlandi
21.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Beeline Uzbekistan”ning Odnoklassniki va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi korporativ sahifalarida “Olimpiya VimpelCom” tanlovini o‘tkazmoqda. Bugun, 21 fevral kuni, foydalanuvchilar Olimpiadada jamoalari taqdim etilgan VimpelCom Ltd mamlakatlari sportchilarining Sochi-2014da oladigan umumiy medallar sonini oldindan aytib berishlari mumkin.

“Olimpiyada – so‘ngi haftalarning asosiy mavzusi, va butun dunyo bo‘ylab millionlab ishqibozlar O‘yinlarning medallarini diqqat bilan kuzatmoqdalar, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Biz ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarimizga “VimpelCom” kompaniyasi faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlarni nazarda tutgan holda musobaqalarning yakunlarini oldindan aytib berish imkonini bermoqdamiz. Ishonaman, tanlov foydalanuvchilarga manzur bo‘ladi va muvaffaqiyat olib keladi”.

beeline_21_02_2014

Eslatib o‘tamiz, “VimpelCom” Ltd global operatori mavjud bo‘lgan 12ta mamlakat jamoalari Sochida bellashmoqdalar: Armaniston, Gruziya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Qirg‘iziston, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina. “Olimpiya VimpelCom” tanlovi g‘oliblarini sovrinlar – “Beeline Club Gold” imtiyozli kartalari kutmoqda.

Tafsilotlar http://odnoklassniki.ru/beeline.uz va http://www.facebook.com/beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq