“Beeline” JobFair yirik vakansiyalar yarmarkasida ish izlovchilarni kutmoqda
20.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) MyJob.uz ishbilarmonlar tarmog‘i va “Karyera+” gazetasi tashkillashtirgan JobFair2014 yirik vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etadi.

Tadbir 14 mart kuni poytaxtdagi “Uzexpocentre”da bo‘lib o‘tadi. Katta HR-maydonchada “Unitel”ning xodimlar bo‘yicha mutaxassislari qiziqqan ish izlovchilarga batafsil maslahatlar beradilar va “Beeline”rezyume shaklini to‘ldirishga ko‘malkashadilar.

beeline_20_02_2014

“Talabalarni “Beeline”ga tanlash doimo maksimal tarzda ochiq bo‘lgan va bo‘lib qoladi, va yarmarkada taqdim etadigan vakansiyalarimiz – buni navbatdagi bor tasdiqlaydi, — deydi “Unitel”ning Jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Yuliya Brusova. — Kompaniyamiz o‘zining yorqin stendida ish izlovchilarni kutmoqda, va ularning orasidan ko‘pchiligi bizning safimizda orzuidagi ishni topishi mumkin”.

Bu yil 150dan ortiq kompaniya va 8000ta ish izlovchilarining JobFair2014 vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etishi kutilmoqda. Shu bilan bir vaqtda www.jobfair.uz saytida JobFair2014 on-line yarmarkasi ochiladi, u yerda 2000ta kompaniya va 15 ming ish izlovchilar ishtirok etishadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq