Toshiba yangilangan ilmlar muzeyini ochadi
19.02.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Toshiba kompaniyasi Kavasaki shahrida yangilangan ilmlar muzeyini ochadi. Yaponiya ishlab chiqaruvchilari dastlabki shunday muassasani 1961-yilda tashkil etgandilar. Yangi muzeyda yiliga 300 minggacha tashrif buyuruvchi bo‘lishi kutilmoqda.
Muzey uchta katta zonalarga ajratiladi. Birinchisida o‘tmishdagi turli texnik qurilmalar bo‘lib, ularning hozirgi davrgacha rivojlanishi namoyish etilgan. Ikkinchi zona ilmiy maydondan iborat. Bu yerda tajribaviy eksperiment, jumladan, bolalar auditoriyasiga yo‘naltirilgan taqdimotlar o‘tkaziladi. Ayrimlarida bevosita bolalar ishtirok etadi.
Uchinchi zona ancha qiziqishga loyiq. U yerda Toshiba kelajak texnologiyalarini namoyish etadi. U ma’lum mavzuli, xususan, «energetikaning kelajagi», «sog‘liqni saqlash sohasining kelajagi» va shu kabi segmentlarga ajratiladi. Kompaniya yaqin orada insoniyat nimalarga erishishini namoyish etishga urinib ko‘radi.
Bundan tashqari, binoda turli namoyishlar uchun to‘qqiz metrli ulkan ekranga ega hudud hamda ko‘rgazma va aralash mavzudagi ekspozitsiyalar maydoni mavjud. Muzeyning umumiy maydoni 2850 m2 dan iborat.
Manba: www.toshiba.co.jp