Smartfon yordamida oPhone: xushbo‘y xabarlar uzatish
19.02.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

phon_19_02_2014

Mobil apparatlari allaqachon uzoq masofalarga matn, audioaxborot va videoni uzatishni o‘rganib olgan. Endigi navbat xushbo‘y hid uzatishga keldi. Le Laboratoire Parij markazi xodimlari hamda Garvard universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan oPhone loyihasi ishtirokchilari shunday deb hisoblaydilar.

phon_19_02_2014_1

oPhone xushbo‘y hidli moddalarga ega kartrijdan iborat smartfonlar uchun maxsus aksessuardir. Qurilma jo‘natuvchi mobil apparatiga installizatsiya qilingan hamda qabul qiluvchi mobil apparatiga xushbo‘y xabar yuboradigan maxsus oTracks mobil ilovasi bilan birgalikda ishlaydi.

Tizim quyidagicha ishlaydi: avval jo‘natuvchi oTracks vositasida jamlanmalarga ulanib, jo‘natishni xohlagan hidni tanlab oladi. Qabul qilib oluvchi tomonida xabar oTracksdsda qayta ishlanib, keyin oPhonega Bluetooth simsiz aloqa vositasida xushbo‘y hid taralishiga buyruq jo‘natiladi. Loyiha mualliflari kelajakda gadjet turli hidlarning 10 minggacha xilini ifodalay oladi deb hisoblamoqdalar. Tizim u yoki bu hodisalardan ta’sirlana oladi deb taxmin qilmoqdalar: aytaylik, kirish qo‘ng‘irog‘ining ikkinchi qismida xushbo‘y hid tarala boshlaydi. Nazariy jihatdan qurilmadan shaxsiy kompyuterda ham foydalanish mumkin.

Afsuski, ishlab chiqaruvchilar yangilikning na savdoda paydo bo‘lishi taxminiy muddati, na narxi haqida ma’lumot bermaganlar.

Manba: www.digitaltrends.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq