Mac kompyuteri 30 yoshda
19.02.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
30 yil avval 1984-yil 24-yanvar kuni shaxsiy kompyuter Apple Macintosh 128K — Macintosh qatorining dastlabki vakili ishlab chiqarilgandi. Kompyuter Motorola protsessorlarida qurilgandi hamda grafik interfeysi bilan o‘sha davr foydalanuvchilari uchun hashamatli buyum sifatida ko‘pchilikni hayratga solgandi. O‘sha davrda Macintosh128k ning narxi $2495ni tashkil etgan.
Besh yildan ortiq vaqt o‘tgach 1989-yil 20-sentabrda kompaniya o‘zining dastlabki Macintosh Portable-noutbugini taqdim etdi. Mazkur noutbuk kosmosda bo‘lgandan so‘ng foydalanuvchilar uchun birinchi portativ kompyuter bo‘lib qoldi.
1994-yilda Apple PowerPC foydasiga Motorola protsessorlaridan voz kechdi, 12 yildan keyin esa Intel platformasiga o‘tildi.
Mac kompyuterlari tarixidagi ko‘plab dalillarni qutlug‘ sanaga bag‘ishlab ishga tushirilgan Applening maxsus «30 years» deb nomlangan saytidan olish mumkin. Sahifada Mac kompyuterining deyarli barcha yillar bo‘yicha — original Macintosh 128K dan yangilangan silindrik Mac Progacha bo‘lgan rivojlanish yo‘llari yoritilgan.
Manba: www.apple.com