Google «aqlli» kontakt linzalarini ishlab chiqdi

google_19_02_2014_1

Google kompaniyasi qonda qand darajasini monitoring qilishga mo‘ljallangan «aqlli» kontakt linzalarini ishlab chiqdi. Bunday linzalar diabet bilan og‘riganlar uchun juda qo‘l keladi, sababi an’anaviy juda muhim kuzatish metodlari ancha mushkul.

google_19_02_2014

Linzaning elastik korpusiga ko‘z yoshidan qand darajasini aniqlaydigan datchik kiritilgan. Bundan tashqari, o‘sha yerda oziqlanish hamda axborot uzatish manbai, boshqariladigan chip uchun antenna o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchilar ixcham svetodiodli indikator integratsiya imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Bunday indikator qand darajasi belgilangan me’yordan past yoki baland bo‘ladi. Hozircha ishlanma boshlang‘ich bosqichda, biroq loyiha ishtirokchilari ko‘plab yechimlarni sinab ko‘rdilar va prototipni yaxshilashga imkon beruvchi klinik tadqiqotlar o‘tkazdilar. Tayyor mahsulotni bozorga olib chiqish bosqichida zarur tajribaga ega hamkorlarni jalb etishni mo‘ljallamoqdalar. Bu qachon sodir bo‘lishi — hozircha noma’lum.

Manba: http://googleblog.blogspot.com

Orphus system