Bolalar uchun xavfsiz Kurio 4S Android-smartfoni
19.02.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

kurio_19_02_2014

KD Interactive kompaniyasi bolalar uchun Kurio 4S smartfonini ishlab chiqardi, uning savdosi yoz fasliga mo‘ljallangan.

Yangilikning asosiy xususiyati — ota-ona nazorati vositalarining rivojlanishidir. Kattalar himoyalangan parol orqali rejimda vaqtinchalik cheklov o‘rnata oladilar va shu davrda apparatdan (jumladan, hafta kunlari bo‘yicha ham) foydalanish ruxsat etiladi hamda bezarar ilovalar, qo‘ng‘iroq qilish, xabar yuborish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari ro‘yxati kiritiladi. Kurio Genius tizimi bolani Internetdan foydalanishida: ma’lum bir resurslar guruhini blokirovkalash bilan himoya qiladi hamda vaqt mobaynida cheklovlarni yumshatish imkoniyatini beradi.

Smartfon ota-onalarga barcha so‘zlashuvlar, jo‘natilgan SMS-xabar hamda chatlardagi suhbatlar jurnalini ko‘rib chiqish imkonini beradi. Kattalar mujassamlangan GPS priyomnigi evaziga farzandlari qayerda yurganini bilishlari mumkin. Bundan tashqari, apparat bola ruxsat etilgan hududdan chiqishi bilanoq xabarni avtomatik tarzda jo‘natadi.

Kurio 4S shoshilinch vaziyatlarda qutqaruv xizmatlari bilan tezda bog‘lanishga yordam bera oladi. Agar u yoki bu sabab bilan qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bo‘lmagan bo‘lsa, SOS-xabar jo‘natish uchun o‘chirish tugmasini bir necha bor bosish zarur. Smartfonda kichik yoshdagi foydalanuvchilar uchun maxsus moslashtirilgan operatsion tizim Android 4.2 o‘rnatilgan.

Kurio 4S texnik ko‘rsatkichlari: ikki yadroli protsessor, 480 x 800 nuqtali razresheniyega ega 3,97-duymli sensorli ekran, 1 Gbayt operativ va 8 Gbayt kiritilgan xotira, ikki kamera (0,3 va 2,1-megapikselli matritsali), Wi-Fi (802.11b/g/n) simsiz tarmoq adapteri, microSD kart uchun slot va 2000 mAch sig‘imli akkumulyator batareyasidan iborat.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq