Bill Geyts 2035-yilda Yer kurrasida deyarli kambag‘al mamlakatlar qolmaydi deb hisoblaydi
19.02.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aslida, uzoq muddatga berilgan bashorat ma’lumotlarining qadri bo‘lmaydi. Albatta, turli sohalar uchun uzoq muddatga oldindan berilgan bashorat tushunchasining o‘zi farqli muddatlarni ko‘zda tutadi.

Masalan, zamonaviy mobil texnika yo‘nalishi juda eksponensional sur’atlarda rivojlanmoqda. Atigi besh yil muddat mobaynida ishlab chiqaruvchilar juda kichik zichlikdagi displeylar, juda kam mahsuldorlik bilan platformalar va o‘rtacha sifatli kameralardan mahsuldorligi bo‘yicha o‘tgan avlod kichik ish joyi yechimlari bilan raqobatlasha oladigan va arzon raqamli apparatlardan yaxshiroq suratga oladigan, hozirgi avlod monitorlari bilan teng zichlikdagi, yuqori darajagi birlashtirishga ega bir kristalli platformalar bilan zamonaviy topologik smartfonlar va juda kuchli displeylar bilan planshetlargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdilar.

Boshqa tomondan, o‘sha litografik ishlab chiqarish protsessorlari va birkristalli platformalarni misol qilsak, texnik jarayon me’yorlariga o‘tilishi o‘zida juda murakkab va serxarajat vazifalarni amalga oshirishni talab etganligini ko‘ramiz. Ishlab chiquvchilar o‘z bashoratlari to‘g‘riligiga ishonch bilan qarab, besh hattoki o‘n yil oldinga nazar tashlashlari mumkin. Bill Geyts (Bill Gates) Bill va Melindi Geyts (Bill and Melinda Gates Foundation) xayriya jamg‘armasi tomonidan yillik chop etiladigan materiallarda oz emas, ko‘p emas, yigirma yil oldinga nazar tashlandi. Microsoftning sobiq rahbari fikriga muvofiq, 2035-yilda jahonda zamonaviy tushunchada deyarli kambag‘al mamlakat qolmaydi. Ular «o‘rtadan pastroq» darajada bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, Geyts belgilangan vaqtda aholi jon boshiga barcha mamlakatlarning 90 foizi hozirda Hindistondagidan (hozirgi davrda taxminan YAIM darajasiga nisbatan 146-o‘rinni egallamoqda) ko‘ra ko‘proq daromad oladi. Bu ancha rivojlangan mamlakatlar investitsiyalari va yordamlari asosida amalga oshadi. Geytsning fikriga ko‘ra mazkur mamlakatlar qo‘shni rivojlangan mamlakatlardan turli innovatsiyalar, texnologiyalar, dori-darmonlar, agrar sohada zamonaviy mahsulotlar (eng yaxshi urug‘, o‘g‘it, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘stirish texnologiya)larini oladilar. Hujjatda berilganidek, ular rivojlangan mamlakatlar investitsiyasini jalb etishi zarur. Geytsning o‘zi so‘nggi 20 yil mobaynida 30 mlrd dollardan ortiq xayriya yordamini ko‘rsatgan.

Manba: Gates Foundation

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq