3D-printer haqiqiy binoni bor-yo‘g‘i 24 soatda «qura oladi»

Janubiy Kaliforniya Universiteti professori Bexrok Kxoshnevich (Behrokh Khoshnevis) haqiqiy uyni bor-yo‘g‘i 24 soatda «qura oladigan» haqiqiy uch o‘lchamli ulkan bosma printerini barpo etdi, mazkur holatda qurish tushunchasi 3D-bosma jarayoni yordamida bo‘lajak bino konstruksiyasining alohida bo‘limlarini yaratishni anglatadi.

3d_19_02_2014

Taqdim etilgan 3D-printeri modelida beton quyilishi amalga oshiriladigan truba o‘rnatilgan. Barcha jarayonlar kompyuterda sinxronlashtiriladi, «Contour Crafting» deb ataluvchi bloklarni tayyorlash texnologiyasi esa o‘z mazmun-mohiyatida obyektning «konturli yaratilishi» ma’nosini bildiradi. Mazmun-mohiyatiga ko‘ra taqdim etilgan yondashuv qurilish tarmog‘ini yaxlit va to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkin, qurilajak bino elementlarini tayyorlashni esa ko‘pchilik mazkur sohaning inqilobi sifatida baholamoqda. Ulkan aralashtirgich 3D-qurilmasini boshqarish uchun ishchi-xodim oddiy relsli-g‘ildirakni ishga solsa bo‘lgani.

3d_19_02_2014_1

Contour Crafting uch o‘lchamli bosma tizimli apparati qurilajak konstruksiya blokiga kompyuter modeliga muvofiq aralashmani quya boshlaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, 3D-printeri faqat bino devorlarinigina «qurishga qodir», eshik, oyna va kommunikatsiyalar huddi avvalgidek, ishchi kuchini talab etadi. Printerni ishlab chiqaruvchilar ularning ixtirolari qurilishning umumiy qimmatini ancha arzonlashtiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, mazkur uskunadan binoni rejali ta’mirlash yoki tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ham foydalanish mumkin. Contour Crafting texnologiyasi bo‘yicha chop etish jarayonida qurilishni amalga oshirishda 3D-printer tamoyili asosida ishlaydi. Loyiha hozircha sinov bosqichida, biroq janob Kxoshnevich 3D-printeri quruvchilarning ish o‘rnini yo‘qotmaydi, balki ularning mehnatlarini yengillashtiradi deb ishonadi. Aksincha mazkur uskuna uni boshqaruvchi konstruksiyalar mutaxassislari uchun qurilishga qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishini talab etadi. Bundan tashqari, qurilishga sarflanadigan mablag‘ni tejaydi.

Manba: www.contourcrafting.org

Orphus system