11 ming o‘yindan iborat jamlanma rekordga sabab bo‘ldi
19.02.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Nyu-Yorkda yashaydigan Maykl Tomasson yerto‘lasi videoo‘yin ishqibozlari uchun haqiqiy jannatning o‘zginasi. Kattagina bir necha xonadan iborat yerto‘la turli kompyuterlar, televizorlar va albatta, ular uchun o‘yinlar bilan to‘ldirilgan.

Ginness rekordlar kitobi vakillari uning o‘yinlarini sanab chiqish uchun jamlanma egasining uyiga tashrif buyurdilar. Puxta taftish o‘tkazganlaridan so‘ng ular 10 607ta turli o‘yinlarning guvohi bo‘ldilar va ro‘yxatini tuzdilar. Ular ketganlaridan so‘ng o‘yinlar egasi yana bir necha quti o‘yinlarni topib oldi. Natijada jamlanmada 11 000dan ortiq nomdagi o‘yinlar ro‘yxatga olindi. Biroq hatto 10 000 o‘yin ham Mayklga yangi jahon rekordini o‘rnatish imkonini bergan bo‘lardi. Axir o‘yinlar jamlanmasi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan Richard Lekke faqat 8 616ta o‘yinga ega edida.

Mayklning jamlanmasida juda noyob o‘yin qurilmalari bo‘lib, masalan, Apple kompaniyasi muhandislari yaratgan, juda kam uchraydigan Pippin o‘yinli konsolni uchratish mumkin. Bu pristavka nomini eshitmagan bo‘lsangiz kerak, shunday bo‘lsada, u o‘yinlar tarixida muhim o‘rin tutadi, videoo‘yinlar bozori marketingida shov-shuvga ega bo‘lgandi. Apple Pippindan tashqari, Maykl jamlanmasida o‘tgan yillardagi ko‘plab qiziqarli o‘yinlarni uchratish mumkin. VHS-kassetalari yoki katta lazer disklarida yozilib, sotilgan o‘yinlarga ham duch kelganlar ko‘p bo‘lmasa kerak.

game_19_02_2014

Jamlanmani mutaxassislar 700–800 ming AQSH dollariga baholadilar, biroq Ginnessning yangi rekordi sohibi o‘z boyligini yaqin orada sotishni rejalashtirmagan. Aynan shu sababli jamlanmasini yig‘ishni boshidan boshlagan. Birinchi marta o‘z o‘yinlar jamlanmasini 1989-yilda sotib, Sega Genesis (bizda Sega Mega Drive nomi bilan tanilgan) yangi o‘yinlar pristavkasini sotib olgan. Ikkinchi marta esa 1998-yilda to‘y xarajatlari uchun jamlanmasini sotgandi. Endi Maykl pulga muhtoj emas, jamlanmasidan ajralish niyati yo‘q.

Maykl Nyu-Yorkdan uzoq bo‘lmagan Baffalo shahridagi kollej o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. U talabalarga 2D-animatsiya, dizayn va videoo‘yinlar ishlanmalari bo‘yicha dars beradi, shunday ekan o‘yinlar uning uchun — bu shunchaki bolalarcha qiziqish emas, balki mablag‘ ishlash, boyish manbai hamdir.

Мaykl bozorga chiqarilgan deyarli barcha o‘yinli qurilmaga ega bo‘lishiga qaramay, unda o‘yin bilan shug‘ullanish uchun umuman vaqti yo‘q. Hafta mobaynida u o‘yinlarga bor-yog‘i uch soatcha vaqt sarflaydi. Shunday bo‘lsada, kuniga ikkita yangi o‘yin sotib olishda davom etadi va o‘z jamlanmasini muntazam oshirib boradi. Shu maqsadda yiliga 3000 dollar sarflaydi. Aslida, mazkur o‘yinlar ularning tarixini o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun juda foydali manbadir. Ha, albatta, bu shunchaki qiziqish emas, to‘g‘rimi?

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq