Status abonentlari va “Beeline Club” kartasi sohiblari Apple planshetlariga 10%gacha chegirmalarga ega bo‘ladilar
17.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Status Gold va Status Platinum abonentlaring imkoniyati kengaygani haqida xabar beradi. Endi ular iPad planshetlarining eng yangi modellarini “Beeline”ning shaxsiy ofislaridan 5% va 10% mos ravishda chegirmalar bilan xarid qilishlari mumkin.
“Juma kuni rasmiy prezentatsiyada biz Apple planshetlarining sotuvi boshlanganligi haqida e’lon qildik, — deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Bu voqeaga qiziqish juda ham yuksak, shuning uchun biz dastlabki kundan abonentlarimizga eng yangi iPad modellari uchun yoqimli chegirmalar olish imkonini berdik”.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Beeline”ning poytaxtdagi salonlarida quyidagi modellar mavjud:
• Retina displeyli iPad Mini 32 Gb;
• Retina displeyli iPad Mini 64 Gb;
• iPad Air 32 Gb;
• iPad Air 64 Gb.
“Status” mijozlaridan tashqari Apple planshetlariga “Beeline Club”ning Gold va Platinum imtiyozli kartalari egalari 5% va 10% miqdordagi chegirmalarga ega bo‘ladilar.
Manba: kompaniya press-relizi