“Beeline” O‘zbekistonda bolalar sporti rivojlanishiga 1 milliard so‘m yo‘naltirdi
13.02.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Bolalar sportini rivojlantirish fondiga 1 milliard so‘m o‘tkazdi.

Fondning ijro etuvchi direktori Erkin Iskandarov kompaniya nomidan minnatdorchilik bildirdi: “Homiylik yordam fondga bolalarni sportga qo‘shilishi va sport bilan shug‘ullanishi, o‘sib borayotgan avlodning ongida sog‘lom turmush tarzini olib borish zaruratini shakllantirish, hamda ma’naviy va jismoniy barkamollikka intilish borasidagi asosiy vazifalarni bajarishga yordam beradi”.

beeline_13_02_2014

Eslatib o‘tamiz, “Beeline” O‘zbekistonning sport g‘alabalariga yetishishiga sezilarli hissasini qo‘shgan holda, bir necha yil davomida doimiy ravishda Bolalar sportini rivojlantirish fondini qo‘llab quvvatlab kelmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 500 million so‘mni tashkil qilgan.

“Bo‘lg‘usi chempionlarning sport tarbiyasida ishtirok etish – bizning kompaniya uchun yuksak sharafdir, – deydi MChJ “Unitel”ning bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Respublika rahbariyati sportga ulkan ahamiyat bermoqda, va belgilash joiz, yosh iste’dodlar yil sayin dunyo miqyosida muvaffaqiyatlar qozonib umidlarimizni oqlashmoqda. Ta’kidlab o‘tmoq joizki, korporativ ijtimoiy majburiyat – “Beeline”ning O‘zbekistondagi faoliyatining strategik tashkilidir, shuning uchun biz fond bilan kelgusidagi hamkorlikning kengayishiga ishonamiz”.

beeline_13_02_2014_1

O‘tkazilgan mablag‘lar qurilishlarga, qayta qurishga, bolalar sport inshootlarining mukammal ta’minlanishiga, bolalar musiqa va san’at maktablari qurilishi va qayta qurilishiga, shuningdek iste’dodli sportchi yoshlarni halqaro musobaqalardagi ishtiroki bilan bog‘liq turli darajadagi sport tadbirlarini tashkillashtirish va xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq