Beeline “Muloqot.uz”ning “Mening sevimli telefonim” tanlovini qo‘llab quvvatladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Muloqot.uz” ijtimoiy saytining foydalanuvchilari orasidagi “Mening sevimli telefonim” tanlovining homiysiga aylandi.

mul_12_02_2014

3 martning 12:00gacha “Muloqot.uz” ishtirokchilari “Mening sevimli telefonim” tanlovi guruhida mobil telefon tasvirlangan uchtagacha rasm joylashtirishlari mumkin. O‘z rasmi ostida eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi tanlovning bosh sovrini — Samsung Galaxy Ace 2 smartfonini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari uchun –Beeline Wi-Fi routeri va Huawei E 177 3G-modemi mos ravishda.

Natijalar 2014 yilning 6 mart kuni e’lon qilinadi Tafsilotlar http://muloqot.uz/group/6734 saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system