“Beeline” JIDU-2014 bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha Yarmarkada ishtirok etadi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) 13 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti — 2014 bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha yarmarkada ishtirok etadi.

beeline_12_02_2014

“O‘zbekistonning Oliy o‘quv yurtlari istiqboli porloq yosh mutaxassislarni tayyorlaydi, biz “Beeline” xodimlari qatorida ularni ko‘rishdan xursandmiz, — deydi “Unitel”ning Jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo’yicha direktori Yuliya Brusova. — Biz JIDU bilan ko‘p yillik birgalikdagi tajriba bilan asoslangan hamkorlikni juda qadrlaymiz”.

JIDU bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha yarmarka ertaga soat 10:00 da ochiladi. Tadbir dasturida – ishtirokchi kompaniyalar bilan tanishtirish, talabalar chiqishi va ishga joylanish mavzusidagi ochiq suhbat bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system