“Beeline” noyob uslubli dizayndagi Huawei E 177 3G-modemlarini sotuvini boshladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Huawei E 177 3G USB-modemining yangi modelini taqdim etmoqda.

beeline_11_02_2014

“Biz barcha abonentlarimizga nafaqat sifatli xizmatlar va ommabop devayslarning sotuv ofislarida uzluksiz mavjudligi ta’minlashga intilamiz, balki bu moslamalarning yorqinligi va yoqimliligi haqida ham o‘ylaymiz, — deya sharhlaydi “Unitel”ning ommaviy bozorda sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – USB-modemlarning arzon narxdagi yangi modeli bilan on-line bo‘lish yanada oson va yoqimli”.

Modemning asosiy xossalari:
• HSDPA/UMTS 2100/900 MGs
• EDGE/GPRS/GSM 850/900/1800/1900 Mgs
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha
• Ma’lumotlarni yetkazish tezligi – 5,76 Mbit/s gacha
• Amal qiladi: Voice, USSD, SMS
• 4 Gb gacha bo‘lgan MicroSD amal qiladi
• Modem faqatgina “Beeline” SIM-kartasi bilan ishlaydi

Tizimli talablar:
• Windows 2000/XR/Vista/7/8, Mac OS X 10.4 va undan yuqori bo‘lgan operatsion tizim
• Qattiq diskdagi bo‘sh joy: 50 Mb va undan ortiq
• Markaziy protsessor (CPU): Pentium 4, 1 GGs chastota yoki undan yuqori
• Operativ xotira: 128 MB yoki undan yuqori

Huawei E 177 3G-modemining bahosi – 119 000 so‘m. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system