“Beeline” Olimpiada-2014 vaqtida “Facebook”da “Hammasi xOKkey” tanlovini o‘tkazadi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Facebook” ijtimoiy saytidagi korporativ sahifasida “Hammasi xOKkey” tanlovi o‘tkazilishini e‘lon qilmoqda. Ertangi kundan boshlab sahifaning o‘quvchilari XXII qishki Olimpiada o‘yinlaridagi butun xokkey musobaqalari mobaynida har bir match hisobini oldindan aytib berishlari mumkin.

12 fevraldan 23 fevralgacha tanlov ishtirokchilariga sovrinli ballar hisoblanadi va ularning natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanadi.

beeline_9_02_2014

“Xokkey – bu har doim kishini o‘ziga tortadigan tomosha, ayniqsa to‘rt yillikning asosiy musobaqalarining medallari o‘ynalganda, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — “Beeline Uzbekistan”ning “Facebook”dagi o‘n minglab obunachilari bu musobaqalarni sabrsizlik bilan kutadilar, va biz ularga dunyoning eng kuchli terma jamoalari uchun nafaqat ishqibozlik qilishni, balki ochiq-oydin tanlovda bizning devayslarimizni yutib olishni taklif etamiz”.

“Hammasi xOKkey” tanlovining g‘olibini asosiy sovrin – Samsung Galaxy S III mini smartfoni kutmoqda. Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system