Internet tarmog‘i orqali Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYaDR)ni boshqarishni ta’minlovchi “Reg-System” avtomatlashtirilgan tizimi, shu yilning 1 yanvaridan amaliyotga joriy qilindi

Avval xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “UCD Micros” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnogiyalaridan foydalangan holda yaratilgan, Internet tarmog‘i orqali Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYaDR)ni boshqarishni ta‘minlovchi “Reg-System” avtomatlashtirilgan tizimi, shu yilning 1 yanvaridan amaliyotga joriy qilindi.

“Reg-System” AT — KTYaDRda yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish va hisobga olishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanadi.

Mazkur tizim Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida markazlashgan yagona serverda ma’lumotlarni shakllantirish, bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli foydalanuvchiga ishlash imkoniyatini yaratish, davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslarga statistik kodlarni avtomatik tarzda biriktirish va ma’lumotlarni elektron bildirishnoma orqali taqdim etish kabi afzalliklarga ega.

Bu esa oldin foydalanilgan tizimdan tubdan farq qilib, davlat statistika organlari va ro‘yxatdan o‘tkazish organlariga KTYaDRdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash jarayonida ma’lumot almashish tezligini oshirish, ish vaqtini va qog‘oz sarfini keskin kamaytirish kabi qulayliklarni yaratdi. Ayniqsa, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida statistik kodlarni biriktirishga sarflanadigan vaqtni keskin qisqarishini ta’minladi.

Manba: www.stat.uz

Orphus system