Inxa universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07.02.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

inh_7_02_2014

Joriy yilning 6 fevral kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Koreya Respublikasining Inxa universiteti prezidenti Pak Chunbe boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi AKT sohasida bir qator yo‘nalishlarda samarali hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil Koreya Respublikasiga tashrifi axborot texnologiyalari sohasida yuqori hamkorlikning poydevori bo‘lib xizmat qilayotgani, ayniqsa axborot texnologiyalaro sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha mustahkam munosabatlar o’rnatilgani, o’z navbatida, bu ikkala mamlakatda soha rivoji uchun xizmat qilishi ta’kidlanib, O‘zbeksitonda AKTning rivojlanish istiqbollari, o‘zaro aloqalarning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tomonlar Toshkent axborot texnologiyalari hamda Inxa universitetlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar xususida, amalga oshirilayotgan loyihalarga ham e’tibor qaratdilar. Ayniqsa ikki tomonlama tajriba almashinuviga xizmat qiluvchi ta’lim dasturlarining ahamiyati yuqoriligi ta’kidlandi. Xususan, TATU hamda uning filiallarida faoliyat ko‘rsatuvchi bir guruh yosh o‘qituvchilar joriy yilning 2 yanvaridan 28 fevraliga qadar Inxa universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgani, shuningdek, joriy yilda sohaning 60 dan ziyod magistr hamda tadqiqotchilarini Janubiy Koreyaning AKT bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlarida bilim olib qaytishlari qayd etildi.

Tomonlar sohada yetuk mutaxassislar tayyorlashning istiqboldagi rejalarini muhokama qildilar. Tadbirda aytib o’tilganidek, kadrlar tayyorlash masalasida ikki tomonlama hamkorlik AKT sohasida yuqori malakali, xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlash imkoniyatini yaratadi.

Inxa universiteti delegatsiyasi yurtimizdagi tashrifi mobaynida shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda bir qator oliy o‘quv yurtlari faoliyati bilan tanishib chiqishni rejalashtirgan.
1954 yilda «Xanjin Grupp» kompaniyasi tomonidan asos solingan Inxa universiteti Koreya Respublikasining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan hisoblanadi. 20 ming nafardan ziyod talaba ta’lim oluvchi mazkur o‘quv yurti «Joong Ang Ilbo» nashri tomonidan tuzilgan Koreya ta’lim reytingida injenerlik va axborot texnologiyalari yo‘nalishida eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarining kuchli beshligiga kiritilgan.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq