Tezkor xabarlarni almashish va onlayn muloqot–messenjer GAPIM.UZ’ni tashkil etish milliy axborot tizimi

gap_6_02_2014

TATU qoshidagi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va apparat – dasturiy komplekslar markazi www.gapim.uz yangi loyihani foydalanishga topshirdi. Loyiha bosh sayti sahifasida «GAP IMP — Internet tarmog‘i orqali muloqot uchun dastur» ko‘rsatilgan. O‘zbek va rus tillaridagi versiyalari mavjud. Shaxsiy kompyuter uchun va OS Android bazasidagi mobil qurilmalari uchun(OS Windows va Linux). Loyihaning OAV uchun anonsi birinchi kunida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 89 dan 562 foydalanuvchiga oshib ketdi. Bu so‘zsiz muvaffaqiyatdir.

Messenjer haqida») loyihasi bayonida: Tezkor xabarlarni amashish va onlayn muloqotlarni tashkil etish milliy axborot tizimi real vaqt davomida tezkor matnli xabarlarni almashish va audio muloqotlarni tashkil etish uchun (IM — Instant Messaging) mo‘ljallangan.

Loyihaning asosiy maqsadi lokal va korporativ tarmoqlarda hamda Internet tarmog‘ida mahalliy xizmat ko‘rinishida tashkil etilgan tezkor xabarlarni almashish milliy tizimini yaratishdan iborat. Ushbu tizim klassik aloqa tizimlarining muqobil varianti bo‘lib, foydalanuvchilarga arzon va qulay muloqot imkonini beradi.

Tezkor xabarlarni amashish va onlayn muloqotlarni tashkil etish milliy axborot tizimi XMPP (Extensible Messaging and Presence Protocol) protokoli asosida yaratilgan. XMPP protokoli XML texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, ochiq va erkin ravishda, tezkor xabarlar va foydalanuvchilarning joriy holati to‘g‘risidagi axborotlarni almashish uchun xizmat qiladi. Ushbu protokol matnli xabarlarni uzatishdan tashqari, tarmoq orqali fayl, tovush va video axborotlarni ham uzatish imkoniyatiga ega.

gap_6_02_2014_1

Tezkor xabarlarni almashish tizimlari (IM-tizimlar) uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar asosiy muvofiqlashtirish hujjatlari bo‘lib hisoblanadi:
• RFC-2779 — RFC 2779 — Instant Messaging / Presence Protocol Requirements – real vaqtda xabarlar almashish va foydalanuvchi holati to‘g‘risida axborot beruvchi protokllar uchun talablar.
• RFC-3920 — Xabarlar almashish va foydalanuvchi holati to‘g‘risida axborot beruvchi kengaytiriladigan protokol (XMPP): Yadro.
• RFC-3921 — Xabarlar almashish va foydalanuvchi holati to‘g‘risida axborot beruvchi kengaytiriladigan protokol (XMPP): Real vaqtda xabarlar almashish va foydalanuvchi holati to‘g‘risida axborot berish.

Shaxsiy kompyuter uchun mo`ljallangan dasturiy vosita imkoniyatlari uchun ilova funktsiyalari:
• Muloqot varaqlarini boshqarish;;
• xabarlarni almashish;
• Faylli ma’lumotlarni almashish;
• konferensiyalarni tashkil etish;
• shaxsiy profilni boshqarish;
• xatlar jo‘natishni boshqarish;
• xatlar jo‘natish;
• audio qo‘ng‘iroqlar.

Mobil qurilmalari ilova funktsiyalari uchun:
• Muloqot varaqlarini boshqarish;
• matnli xabarlarni almashish;
• faylli ma’lumotlarni almashish;
• konferensiyalarni boshqarish;
• shaxsiy profilni boshqarish;
• xatlar jo‘natishni boshqarish.

GAPIM.UZ tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish oddiy.

gap_6_02_2014_2

Tezkor ma’lumot allmashish tizimiga taalluqli masalalar muhokamasi uchun maxsus forum GAPIM.UZ tashkil etilgan.

gap_6_02_2014_3

Orphus system