“Beeline” “Ta’lim va Karyera 2014” halqaro ko‘rgazmasida ish izlovchilarni kutmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) MChJ “Expocontact” tomonidan tashkil qilingan va Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Ta’lim va Karyera 2014” X halqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

3 kun davomida “Beeline”ning hodimlarni tanlash bo‘yicha yetuk mutaxassislari ish izlovchilarni kompaniyaga ishga qabul qilish bo‘yicha maslahatlar beradilar, ochiq vakansiyalar haqida ma‘lumotlar beradilar va turli ish o‘rinlari bo‘yicha rezumelarni yig‘adilar. Bugungi kunda “Beeline”da o‘nlab bo‘sh ish o‘rinlari ochiq va ular eng yaxshi mutaxassislarni kutmoqda.

“Bizning kompaniyamiz “O‘zbekistonda eng faol ish beruvchi” deb bejiz aytilmadi, – deydi “Unitel”ning Jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo’yicha direktori Yuliya Brusova. – Har yili biz yuzlab odamlarga qulay ish sharoitlari va doimiy kasbiy o‘sish taqdim etgan holda ularni ishga joylashtiramiz. Shuning uchun, butun “Beeline” jamoati nomidan ish qidiruvchilarni bizning stendimizni kelib ko‘rishga va HR-mutaxassislaridan maslahatlar olishga taklif etaman”.

“Ta’lim va Karyera 2014” halqaro ko‘rgazmasi “Mustaqillik maydoni” metro bekatidagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system