“Beeline” va “International Hotel Tashkent” Facebook tarmog‘ida “Romantika” tanlovini o‘tkazmoqdalar

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom Ltd” O‘zbekistonda) va “International Hotel Tashkent” “Facebook”dagi yorqinlar uyushmasida “Romantika” tanlovini o‘tkazmoqdalar http://www.facebook.com/beeline.uz.

10 fevral 14:00gacha “Beeline Uzbekistan” foydalanuvchilari o‘z umr yo‘ldoshining ismi oldida @ belgisi qo‘yilgan, va shu holda uni belgilagan sharh qoldirishlari mumkin. O‘z yozuvi ostida eng ko‘p «Like» (“Menga ma‘qul”) belgisini to‘plagan ishtirokchi 14 fevral kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Allegro” restoranida hashamatli muhitda bo‘lib o‘tadigan romantik kechaga ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.

beeline_03_02_2014

“Bizning on-line loyihalarimizning o‘ziga xos ajralib turadigan xususiyati ularning to‘liq ochiq-oydinligidir, va “International Hotel Tashkent” bilan birgalikdagi yangi tanlov buni yana bir bor tasdiqlaydi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.— Bu qish kunlarida barcha ishtirokchilarimizga romantik kayfiyat va tanlovda g‘olib bo‘lishni tilaymiz».

Eslatib o‘tamiz, “Beeline Uzbekistan” sahifasi Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-uyushmasi hisoblanib, 130 000 dan ortiq kishini birlashtiradi. Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system