AKTni joriy qilishning muhim yo‘nalishlari va davlat idoralari veb-saytlarini modernizatsiya qilish masalalari

DSC02539

Joriy yilning 31 yanvar kuni poytaxtimizda davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari mutaxassislari uchun “AKTni joriy qilishning muhim yo‘nalishlari va davlat idoralari veb-saytlarini modernizatsiya qilish” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda davlat organlari veb-sahifalari faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013 yilning 31 dekabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish holatini baholash tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son Qaroriga muvofiq tashkil qilishga oid ma’ruzalar tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan mutaxassislar bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Seminarda barcha davlat idoralari veb-saylarini 2014 yilning 1 martiga qadar mazkur hukumat qarorida belgilab berilgan me’yor va talablar asosida modernizatsiya qilishlari lozimligi qayd etildi.
AKT joriy etilganlik holatini reytingli baholashning yangi tizimi davlat organlari veb-saytlari faoliyatiga doir bir qator yuqori va dolzarb talablarni qo‘yib (davlat idorasi faoliyati yo‘nalishidan kelib chiqib), xususan unda davlat interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi, idoraga tegishli axborot tizimlari va resurslari va axborot xavfsizligi bilan ta’minlanganlik holati hisobga olinadi.

Seminar doirasida tadbir tashkilotchilari Yagona interktiv davlat xizmatlari portalining istiqboldagi maqsad-vazifalari, bunda davlat idoralarining tutadigan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, Yagona portal orqali davlat idoralariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘llangan fuqaro murojaatlriga o‘z vaqtida sifatli munosabat bildirish, davlat idorasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazishning muhim masalalari muhokama qilindi.

Manba

Orphus system