Foizsiz to‘lov terminallari “Beeline” ning barcha xususiy ofislarida o‘rnatildi
30.01.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (VimpelCom Ltd O‘zbekistonda) O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaning foizsiz to‘lov terminallari tarmog‘ini kengaytirayapti. Bu moslamalar yordamida abonentlar tranzaktsiya uchun komissiya ushlab qolinmagan holda hisoblarini to‘ldirishlari mumkin.

beeline_30_01_2014

«Hech qanday foizlar va hech qanday navbatlarsiz – mana shuning uchun “Beeline” ning sariq terminallari kerak, – deb belgiladi “Unitel”ning ommaviy bozorda sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – Bunday apparatning qayerda o‘rnatilganining ahamiyati yo‘q – kompaniya ofisida yoki supermarketda: bizning abonentlar doimo komissiyasiz to‘lovni amalga oshira oladilar».

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning noyabr oyidan “To‘lovdan % olinmaydi” degan yozuvli terminallar poytaxtimiz va mintaqadagi “Beeline” ofislari va savdo markazlarida ishga tushdi. Bugungi kunda ular mamlakat bo‘ylab eng yirik aloqa operatorining barcha sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida o‘rnatilgan.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov shunday dedi: «Mazkur loyiha “Beeline”ning xizmatini kelgusi o‘sishiga maqsad qilib qo‘yilgan, va shu bilan bir qatorda o‘zining foizsiz terminallar tarmog’ini rivojlanirish kompaniyaning innovatsion rahnamoligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu bizning abonentlarimizning qulayliklari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya, va aynan bu, mijozlarga xizmat ko’rsatishga bo’lgan talablardan biridir».

Apparat orqali abonent balansini ham naqd pul, ham plastik karta orqali to‘ldirishi mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq