Namangan va Andijonda yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari ishga tushirildi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Namangan va Andijon shaharlarida yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari ishga tushirilganligini ma‘lum qilmoqda.

beeline_29_01_2014

“Abonentlarimizning qulayliklari va eng yuqori sifatli xizmat haqida o‘ylab, biz “Beeline”ning doira qoplamasini, hamda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirayapmiz, – deydi “Unitel”ning Sharqiy hududiy filialining direktori Sanjarbek Iminov. – Ishonaman, namanganlik va andijonlik abonentlar yangi ofislarning imkoniyatlarini yaxshi baholaydilar. Kompaniya xizmat ko‘rsatishning ommaviy va korporativ bozorlaridagi kelgusi o‘sishiga mo‘ljal olgan, va bu salonlar mijozlarga xizmat ko‘rsatishning maqomini yangi darajaga ko‘tarilishiga imkon beradi”.

Namangandagi tantanali ochilish marosimi 28 yanvar kuni quyidagi manzilda bo‘lib o‘tdi: Boburshox k-si, 9-uy. Andijondagi ofisning ochilishi bugun O‘zbekiston ko‘ch.,82 (mo‘ljal – “Hamkor” biznes-markazining ro‘parasi) manzili bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Ofisning ochilish dasturida oltin raqamlar, smartfonlar va boshqa qimmatli sovrinlar yutuqli o‘yini barcha ishrirokchilar uchun o‘ynaldi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system