2013 yilda “Onlayn konsultant” chatida abonentlar so‘rovi soni 10%ga oshdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Onlayn-konsultant” xizmatining 2013 yildagi ishlarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan yil davomida call-markazi mutaxassislari tomonidan abonentlarning so‘roviga chat orqali xizmat ko‘rsatish soni 10%ga oshgan.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining rahbari Lyudmila Chaykovskaya quyidagilarni qayd qildi: “2013 yilda bizning call-markazimiz 70 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qildi, va biz operatorlar orasida birinchi bo‘lib abonentlarimizga operatorlar bilan tez aloqa uchun muqobil kanallar ta’minlab berganimizdan xursandmiz. Ishonaman, onlayn chatning ommabopligi yanada oshib boradi”.

beeline_28_01_2014

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilning sentyabr oyida “Beeline” abonent so‘rovlariga tezlik bilan xizmat ko‘rsatish uchun yangi aloqa kanalini ishga tushirdi. Bu noyob “Onlayn-konsultant” xizmati chat shaklida amalga oshirilgan, va “Beeline” mijozlari uchun http://0611.beeline.uz/ elektron manzili bo‘yicha amal qiladi.

“Onlayn-konsultant” sutkada 24 soat davomida muroajaatlar uchun amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system