Aleksandr Vorobyov “Beeline Uzbekistan”ga boshchilik qiladi
27.01.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

“VimpelCom Ltd” kompaniyalar guruhining “BMT” biznes-birligi Aleksandr Vorobyovni MChJ “Unitel” (Beeline SB) Bosh direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni e‘lon qiladi. U, 2014 yilning 9 yanvar kuni ish faoliyatini yakunlagan Andrey Safronyukning o‘rnini egallaydi.

beeline_27_01_2014

Tayinlanishni izohlar ekan, “VimpelCom” kompaniyalar guruhi MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Dmitriy Kromskiy shunday dedi: “O‘zbekiston – kompaniyalar guruhi doirasida eng o‘zgaruvchan bozorlardan biridir, va “Unitel”ning rivojlanishda olg‘a intilish su’ratini saqlab qolish biznes-birligimizning asosiy ustuvorliklaridan biriga kiradi. Ishonamanki, Aleksandrning O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi boy ish tajribasi kelgusida «Beeline”ning telekom-sanoatida yetakchi sifatidagi strategiyasini shakllantirishga va amalga oshirishga imkon beradi”.

“Birinchi raqamli operator maqomi – bu, avvalam bor, millionlab abonentlar oldida ulkan javobgarlik, shuning uchun yangi lavozimdagi muhim masalalardan biri hisobida tarmoqning kengayishini navbatdagi bosqichini amalga oshirilishni ko‘rayapman. Ishonamanki, xizmatlarning sifati tezlik bilan o‘sishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish rivojlanish jarayoni kompaniyaning so‘ngi yildagi yutuqlarini saqlab va yanada ko‘paytirishga yordam beradi. Iymonim komilki, hozirda mavjud “Beeline” komandasi eng ulkan vazifalarni ham be‘malol uddalay oladi” – dedi Aleksandr Vorobyov.

Aleksand Vorobyov 1977 yili Nijniy Novgorod shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Nijniy Novgorod davlat arxitektura va qurilish universitetini tugatgan. 2001 yildan 2005 yilgacha Aleksandr savdo sohasidagi korxonalarda rahbarlik qiluvchi lavozimlarni egallagan. Shu bilan bir qatorda, u shaxsiy biznes bilan ham shug‘ullangan va o‘z kompaniyasini muvaffaqiyat bilan rivojlantirgan. 2005 yilning dekabrida Aleksandr OAJ “MTS” komandasiga qo‘shildi, va 6 yil ichida “Povolj’e Shimoli-G‘arb” makrohududidagi rejalash va tahlil qilish bo‘limining mutaxassisi lavozimidan BCTI (Turkmaniston) korporatsiyasining kontrolling departamenti direktori lavozimigacha ko‘tarildi. “VimpelCom” kompaniyalar guruhida Aleksandr 2011 yilning noyabridan ish faoliyatini boshlagan, u yerda avvaliga u MChJ “Takom”(Tojikistondagi “Beeline” SB)da moliya direktori lavozimini egallagan, 2013 yilning 16 avgustidan esa MChJ “Unitel”ning moliya direktori lavozimiga tayinlangan. Oilali, o‘g‘il farzandi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq