QIWI tizimi bilan “Beeline” abonentlari o‘z hisoblarini dunyoning hohlagan nuqtasidan to‘ldira oladilar

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (VimpelCom Ltd O‘zbekistonda) “Chet elda to‘lov” xizmati bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish tarmog‘i kengaygani haqida xabar beradi. QIWI to‘lov tizimi dunyoning hohlagan nuqtasidan to‘lovlarni www.qiwi.ru sayti, yoki smartfon va planshetlardagi qulay ilova orqali qabul qilish uchun kompaniyaning hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi.

“O‘z balansini nazorat qilgan holda doimo aloqada bo‘lish va birorta ham muhim qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaslik – kompaniya abonentlari uchun a’lo darajadagi xizmat, — sharhlaydi “Unitel”ning ommaviy bozordagi sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. — QIWIning shahobcha va terminallarining soni yuz minglab hisoblanadi, shuning uchun bu tizimning oson va qulayligi biz tarafdan ayniqsa yuksak tarzda qadrlanadi, tizimning terminallari orqali to‘lov esa komissiyasiz amalga oshiriladi”.

beeline_24_01_2014

Rossiya, Qozog‘?ston, Moldova, Ruminiya, Belorussiya, AQSh, Braziliya, Iordaniya hududlarida mavjud bo’lgan QIWI to’lov tizimini yuksak texnologikligi va oson vazifadorligi ajratib turadi. QIWI terminallari va Visa QIWI Wallet elekrton hamyoni orqali 54 mingdan ortiq provayderlarning xizmatlarini to‘lash mumkin. Virtual kartalarni chiqargan Visa to‘lov tizimi bilan birgalikda QIWI Tarmoqda xaridlarni bajarish imkonini beradigan birinchi to‘lov xizmatiga aylandi.

Hisobni to‘ldirish uchun “Beeline” abonentlari QIWI tizimida ro‘yhatdan o‘tishlari va mavjud QIWI hamyonidan foydalanishlari zarur.

Tafsilotlar www.beeline.uz va www.qiwi.ru saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system