“Beeline Business” “MEGAPLANET” majmuasida korporativ mijozlar uchun yangi xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi

“Beeline Business” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) Toshkentda korporativ mijozlar uchun yangi xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligi haqida xabar beradi. 20 yanvar kuni “MEGAPLANET” savdo-ko‘ngilochar majmuasini birinchi qavatida, kompaniyaning xususiy salonida “Beeline” biznes-hamkorlariga yanada qulay xizmat ko‘rsatish uchun B2B mintaqasi ochildi.

beeline_23_01_2014

“Korporativ mijozlarning miqdori oshishi, xizmatlardan foydalanishni osonlashtirish va yanada qulay va tez xizmat ko‘rsatish uchun ofislarning sonini oshirishga bizni rag‘batlantiradi, – deydi “Unitel”ning korporativ savdolarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko. – “Beeline Business”ning abonentlari sifat va xizmatni qadrlaydi, yangi xozirda mavjud va endi ishga tushiriladigan salonlar esa ularning eng baland talablarini qondirishga moyillik qiladi».

Yangi B2B-ofisida “Beeline Business”ning mijozlari korporativ shartnomalar tuzishdan tortib SIM-kartani almashtirishgacha, tarif rejalarini almashtirish va korporativ uyali aloqadan foydalanish savollari bo‘yicha maslahatlar va to‘liq xizmatlar paketini olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline”ning xususiy ofisi “MEGAPLANET” majmuasida 2013 yilning 23 noyabrida ishga tushirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system