“Beeline” hisobini to‘ldirish uchun endi chet elga ham murojaat etish mumkin

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) “Mobil pul o‘tkazish” xizmatining shartlari yaxshilanganligi haqida xabar beradi. Endi, balans kamaygan holda, abonent hisobini to‘ldirish haqidagi so‘rovni nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab, balki chet elga ham yuborishi mumkin.

“Mijozlarimiz aloqada qolishi uchun, biz qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilayapmiz, — deya voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Ko‘p “Beeline” abonentlarining chet elda do‘st va qarindoshlari bor va ularda endi O‘zbekistondagi yaqinlarining hisobini to‘ldirish imkoni paydo bo‘ldi ».

beeline_22_01_2014

Hisobni to‘ldirish haqidagi so‘rov uchun USSD kodni shu tarzda yuborish kifoya:
• Rossiya uchun *143*mamlakat kodi+operator kodi+telefon raqami#
Masalan: *143*7929ХХХХХХХ#, 7 – mamlakat kodi, 929 – “Megafon” operatori kodi ХХХХХХХ – telefon raqami
• Qozog‘iston uchun *143* mamlakat kodi+operator kodi+telefon raqami#
• Masalan: *143*7929ХХХХХХХ#, 7 – mamlakat kodi , 929 – “TELE2” operatori kodi ХХХХХХХ – telefon raqami

Xizmat hisobni to‘ldirish haqidagi so‘rovni quyidagilar uchun yuborish imkonini beradi:
• “Beeline”, “MTS”, “Megafon”, “TELE2” va boshqa kompaniyalarning rossiyalik abonentlariga;
• “Beeline”, “TELE2”, “KCell”, “Activ”, “Altel” va boshqa kompaniyalarning qozog’istonlik abonentlariga

“Chet elda to‘lov”, “Halqaro mobil pul o‘tkazish” xizmatlari yordamida hisobni to‘ldirish mumkin. Tafsilotlat www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system