“Beeline” Mega Aksiyaning sovrindorlariga avtomobillarni topshirdi
17.01.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom” Ltd O‘zbekistonda) respublikaning 13ta mintaqasining g‘oliblariga 2013 yildagi Mega Aksiyaning supersovrinlarini olish uchun sertifikatlar topshirdi. Eslatib o‘tamiz, 27 dekabr kuni 13ta Chevrolet Spark avtomobillari “Yoshlar” telekanalining jonli efirida o‘z egalarini topdilar.
Bugun “City Palace” mehmonxonasining konferens-zalida Mega Aksiyaning g‘oliblarini tantanali mukofotlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. O‘nlab OAV vakillari ishtirokida “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev ularni yutuq bilan tabrikladi va sovg‘a sertifikatlarini topshirdi.
“Mega Aksiyaning final o‘yini, muvaffaqiyatli yilning yorqin yakuniga aylandi, — dedi Dmitriy Grigoryev. – O‘nlab odamlar yirik pul yutuqlari oldilar, o‘n uchta ishtirokchi esa Sparklarni yutib olish baxtiga muyassar bo‘ldilar, va biz ularni bu bilan chin ko‘ngildan tabriklaymiz! Aytishim mumkinki, kirib kelgan yilda “Beeline” abonentlarini nafaqat noyob tariflar va xizmatlar, balki yangi keng qo‘lamli aksiyalar kutmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, Hakim Nazarov (Navoiy viloyati), Abduaziz Karimov (Sirdaryo viloyati), Sabirdin Normatov (Jizzax viloyati), Azat Sapayev (Xorazm viloyati), Matlyuba Raxmatullayeva (Namangan viloyati), Janar Baltenova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Bahodir Abdullayev (Buxoro viloyati), Xo‘jamurot Haitov (Surxondaryo viloyati), Zulayxo Muxtorova (Samarqand viloyati), Go‘zalxon Yaminjonova (Andijon viloyati), Dilobar Berdiyorova (Qashqdaryo viloyati), Avazjon Xo‘jayev (Farg‘ona viloyati), Ilyosjon Mirzaumarov (Toshkent viloyati) mega aksiyaning g‘oliblariga aylandilar.
Manba: kompaniya press-relizi