“VimpelСom” “Opera” bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

“VimpelCom” va “Opera Software” mobil internet sohasida hamkorlikni kengaytirayotgani haqida e’lon qilmoqdalar. Tez orada “VimpelCom”ga qarashli bo‘lgan kompaniyalar ma’lumotlarni yuborish uchun monetizatsiya va eng qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida “Opera”ning barcha yechimlarining to’plami bilan foydalana oladilar. Barcha mavjud mahsulotlar “Opera Web Pass”, “Skyfire Rocket Optimizer” va “Horizon”, hamda 2014 yilda ishga tushadigan “Opera Max” ilovasi ham shularga kiradi.

Kengaytirilgan kelishuv “VimpelCom”ga qarashli bo‘lgan kompaniyalarga ma’lumotlarning kompressiya texnologiyasidan foydalanayotgan, “Rocket Optimizer” va “Opera Max”ni hisobga olgan holda, “Opera Cloud” servisini joriy qilishga imkon beradi. Ushbu servislar o‘sib borayotgan ma’lumotlar trafigini, va xususan o‘sib borayotgan mobil videodan foydalanishning uddalanishiga yordam berishadi

“Ma’lumotlarni yuboruvchi servislardan foydalanishning o‘sishi har qanday aloqa operatori uchun haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin, lekin, baxtimizga o‘sib borayotgan trafikni samarali uddalash uchun yechimlar mavjud, — deb belgiladi “Opera Software”ning bosh direktori Lars Boylesen. – Biz VimpelCom bilan hamkorligimizni kengaytirganimizdan va u bilan hamkorlik qilgan holda abonentlarga mobil internetdan foydalanish borasida yanada ko‘p pozitiv tajriba taqdim etganimizdan xursandmiz. Natijada, abonentlar mobil internetdan yanada samaradorlik bilan foydalanish, o‘zlarining sevimli kontentlariga oson va tez kirish imkonini oladilar”.

“Opera bilan hamkorligimiz kengayishi tufayli, bugungi kunda abonent internetga chiqish yoki videokontent va musiqiy striming uchun foydalanayotgan ilova va qurilmaning turidan qat’iy nazar biz yuksak sifatli mobil internet taqdim eta oladigan barcha yechimlar to‘plamiga egamiz”, — dedi VimpelCom kompaniyalari guruhining strategiya va tijorat direktori Mixail Gerchuk.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system