“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir
14.01.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

vatan_14_01_2014

Тоshkent axborot texnologiyalari universitetida 2014-yil 13-yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori H.A. Muxitdinov universitet harbiy kafedrasi ofitser-o‘qituvchilari va maxsus fakultet ofitserlari hamda kursantlarini bayram bilan tabriklab, qator ofitserlarga O‘zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining hamda universitetning Faxriy yorliqlarini topshirdi.

vatan_14_01_2014_1

Таntanali tadbirda O‘zbekiston qurolli kuchlari ansambli xonandalari bilan birgalikda taniqli estarada yulduzlari Madina Mumtoz va Gulnoza Saidovalar o‘zlarining ko‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni tabrikladilar. Tadbirda universitet harbiy kafedrasi talabalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

vatan_14_01_2014_2

Bayram munosabati bilan universitet harbiy kafedrasi umumharbiy tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi mayor G‘.Mahmudov O‘zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i hamda harbiy kafedra o‘qituvchisi mayor O‘.Odilov va talabalar A.Axatov, A.Xudoyberdiyevlar esa universitet rektorining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 22 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

tuit_14_01_2014

Hurmatli ofitserlar, kursant va serjantlar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, talabalar va professor-o‘qituvchilar!

Sizlarni hamda o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 22 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

14-yanvar kuni yurtimizda Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 22 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Zero, bu kun – nafaqat O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi hamda aholining tinch hayoti va xavfsizligi himoyasini ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan Vatan himoyachilarining, balki butun xalqimizning bayramidir. Chunki Vatan tinchligi keng ma’noga ega bo‘lib, uni himoya qilishdek muqaddas burch faqat muayyan soha vakillarining vazifasi emas. Yagona Vatan bo‘lgan O‘zbekistonning bugungi va ertangi kuni uchun barchamiz mas’ulmiz.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz tinchlik-xotirjamlikka, ro‘shnolikka erishdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy armiyamiz tashkil etilib, g‘am-anduhlar, hadik va xavotirlar aridi. Endi O‘zbekiston o‘g‘lonlari o‘z yurtida o‘z yurtiga, o‘z xalqiga, o‘z Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz sarhadlari va xalqimiz osoyishtaligi himoyasida sobit. Harbiy qism va bo‘linmalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit, yuksak madaniyat qaror topgan. Milliy armiyamiz safida xizmat qilayotgan yigitlar jismonan sog‘lom va baquvvat, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lib yetishmoqda. Shu bois, yoshlarimiz orasida armiyada xizmat qilishga qiziqish va intilish tobora kuchayib bormoqda.

O‘tgan yillar davomida bosib o‘tgan murakkab yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, amalga oshirilgan, o‘zining ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan va noyob, tom ma’noda tarixiy ishlarimiz natijasida bugungi kunda O‘zbekiston zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi tayorlangan, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir o‘z milliy armiyasiga ega bo‘ldi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyaning qudrati faqatgina uning jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi, eng yangi qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz saflari professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkib bilan qay darajada to‘ldirilgani, ofitser, serjant va askarlarning ma’naviy, axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodi, ona Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissining naqadar yuksak ekani bilan belgilanadi.

Bugungi sharoitda puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har tomonlama yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, pirovard natijada, el-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda qo‘lga kiritilgan yutuq va marralarning asosi, eng katta boyligimiz – yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikdir. Bu boylikni asarab-avaylash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashda milliy armiyamizning alohida o‘rni bor. Shu bois, jamoatchiligimiz harbiylarni tinchlik va osoyishtalik posbonlari sifatida e’zozlaydi. “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni butun xalqimiz bayram qiladi.

Vatan faqat jang maydonida himoya qilinmaydi. O‘z ishini fidoyilik bilan bajarib, mamlakatimiz ravnaqiga faol hissa qo‘shish, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash ham elu-yurtni mudofaa qilishdir. Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta’minlanib, barcha sohalarda ulkan yuksalishga erishilayotgan ekan, bu butun xalqimizning yutug‘idir. Bu bizni yagona maqsadga – yurtimizdagi tinchlik osoyishtalikni qadrlab, xalqimiz tinlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirishga undaydi.

Mana shu qutlug‘ ayyomda barchangizni, harbiylarni va ularning oila a’zolarini hamda faxriylarimizni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 22 yilligi bilan yana bir bor tabriklar ekanman, Vatanimizning tinchligi, mustaqilligimizning barqarorligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek mashaqqatli, lekin sharafli xizmatlaringizda sihat-salomatlik, baxtu-saodat, omadlar tilayman!

ТАTU rektori H.A. Muxitdinov

Manba: www.tuit.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq