«Markaziy telegraf» xalqaro so‘zlashuvlar uchun karta Pin-kodlari CLICK to‘l ov tizimiga ulanishi mumkin

CLICK to‘l ov tizimi orqali «O‘zbektelekom» AK «Bosh Kommutatsiya Markazi» filiali telefon kartasi PIN-kodlarini sotib olish mumkin.

«Bosh Kommutatsiya Markazi» telefon kartalari yordamida xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun to‘lovlar xalqaro so‘zlashuvlarda vaqt va mablag‘ni tejab qolish imkonini beradi. PIN-kodni olish uchun CLICK USSD-menyusi orqali quyidagi amallarni bajaring:

*880# ni tering, 1>Oplata bo‘limini tanlang va paydo bo‘lgan menyuda 4>TV i Telefoniya bo‘limini tanlang.

3>Central Telegraf bo‘limini tanlang.

Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan sotib olishni xohlagan PIN-kod karta turini tanlang:
• Central Telegraf
• Uztelecom
• Rossiya-Kazahstan

Keyin mavjud nominaldan karta summasini kiriting va o‘z CLICK-PIN kodingiz bilan to‘lovni tasdiqlang.

Natijada telefon kartasi PIN-kodi, «BKM» telefon serveriga qo‘ng‘iroq raqami hamda ma’lumot uchun raqam bilan bepul SMS-xabar olasiz.

Bundan tashqari, my.click.uz, m.click.uz shaxsiy kabinet orqali ham telefon kartasi PIN-kodini olishingiz mumkin.

UZTELECOM/TELEGRAF xalqaro kartalardan foydalanilganligi bo‘yicha ma’lumotlar

Kunu tun texnik qo‘llab-quvvatlash:
238-17-17 (Toshkent shahri uchun)
8-805-238-17-17 (O‘zbekiston Respublikasining istalgan burchagidan — qo‘ng‘iroqlar bepul)

Manba: www.click.uz

Orphus system