CLICK tizimi orqali «O‘zbektelekom» AK TShTT filiali Toshkent shahar telefon tarmog‘i xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin

click_13_01_2014

CLICK to‘l ov tizimi saytida ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilar uchun abonentlik to‘lovlari va xalqaro hamda shaharlararo so‘zlashuvlar uchun hisobni to‘ldirish imkoniyati paydo bo‘ldi. To‘lovni haqiqiy vaqt rejimi hamda komissiyasiz o‘z mobil telefoni vositasida yoki «Shaxsiy Kabinet» dan foydalanib, my.click.uz yoki m.click.uz manzillari orqali amalga oshirish mumkin.

Abonentlik to‘lovlari va xalqaro va shaharlararo so‘zlashuvlar uchun hisoblar joriy balansini tekshirish uchun shahar telefonidan «O‘zbektelekom» AK TShTT filiali Muloqot markazi «O‘z hisobingni bil» xizmatiga 1058 qisqa raqamlarini terib qo‘ng‘iroq qilish zarur.

Hozirgi davrda kompaniya O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida shahar telefon tarmog‘i xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun texnik imkoniybtlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzmoqda va zarur ishlarni olib bormoqda.

Manba

Orphus system