“Beeline” “Mobil laboratoriya”ning ilk ishtirokchilarini rag‘batlantirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Vimpelcom Ltd O‘zbekistonda) Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Mobil laboratoriya” sahifasining birinchi ishtirokchilarini rag‘batlantirdi. Har bir so‘rovnoma qatnashchisining shaxsiy telefon raqamiga 500 Mb bonus taqdim etildi.

beeline_14_01_2014

““Beeline Uzbekistan” mobil ilovasining yuklab olinish miqdori kun sayin o‘sib bormoqda. Bu smart-vositalarning egalari uchun bizning yangi xizmatimiz ommabop va foydali ekanligini bildiradi, — deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Biz ilovani yaxshilash bo’yicha doimiy ravishda ish olib bormoqdamiz va sinov jarayonida ishtirok etgan barcha foydalanuvchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Mobil laboratoriya”ning birinchi so‘rov jarayoni bir oy davomida 2014 yilning 1 yanvariga qadar (shu kun ham kiradi) davom etdi. So‘rovdan o‘tish uchun, “Beeline Uzbekistan” sahifasining obunachilari beshta oson savolga javob berishi va o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatib (FISH, tug‘ilgan sana va telefon raqami), shaxsiy xabar bilan yuborishi lozim edi. 50 ta tanlab olingan ishtirokchilar “Beeline Uzbekistan” ilovasini yuklab oldilar va maxsus yaratilgan guruhda o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tafsilotlar www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system