«O‘zbektelekom» AK Internet tashqi kanallari tezligini to‘rt marttadan ortiq oshirish texnik imkoniyatiga ega
10.01.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

“O‘zbektelekom» AK xalqaro Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha kanallarda tashkil etilgan umumiy tezligini 2013-yil mobaynida 1,3 marotaba o‘sdi va bugungi kunda 10 Gbit/s. dan ortiqni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Internetga ulanish texnik imkoniyati 2011-yil boshiga solishtirganda 16 martta, 2012-yil boshiga solishtirganda 2,12 martta oshirildi.

uztel_8_01_2014

Provayderlar uchun Internet kanali tezligining 1 Mbit/s. narxi 2013-yil boshiga solishtirganda 26%,(yoki 2012-yil boshiga solishtirganda 41%, 2011-yil boshiga solishtirganda 2,7 marotaba) tushirildi va bugungi kunda oyiga 312,58 AQSH dollarni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom» AK mahalliy Internet provayderlariga mavjud talablar evaziga Internet tashqi kanallari tezligini to‘rt marttadan ortiq oshirish texnik imkoniyatiga ega.

Bugungi kunda “O‘zbektelekom» AK Internet tarmog‘iga ulanish tezligi texnik imkoniyatini yanada oshirib, 100 Gbit/s. gacha yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va ularni hududiy tamoyilga muvofiq, bundan tashqari, jahonning turli «telexauslaridan» yoki resur egalaridan axborot-resurslarini olishni zahiralash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, boshqa operator, provayderlar hamda kontent yaratuvchilar bilan hamkorlikda milliy axborot resurslari hajmini keskin oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq