Foydalanuvchilarning so‘roviga binoan biometrik pasport uchun onlayn ariza
10.01.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

pas_10_01_2014

Toshkent shahri Olmazor tumanida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun biometrik pasport olishga arizalarni onlayn tarzda berish bo‘yicha ushbu havola http://my.gov.uz/passport bo‘yicha mavjud bo‘lgan test rejimidagi loyiha ishga tushirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda joriy etildi.

Olmazor tumanida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan arizachilar endi, ariza shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali http://my.gov.uz orqali elektron tarzda to‘ldirishlari mumkin.

Ariza Olmazor tumani Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yo‘borilganidan so‘ng, ichki ishlar organlarining tegishli xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ariza to‘g‘ri to‘ldirilgan holatda, arizachiga Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga biometrik ma’lumotlarni taqdim etish uchun kelish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan sms-xabarnoma yuboriladi. Biometrik pasport tayyor bo‘lgandan so‘ng arizachiga tegishli sms-xabarnoma yuboriladi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu xizmat Yagona portal foydalanuvchilarining “Xizmatni taklif qilish” bo‘limidagi bergan ovozlari natijasi bo‘yicha joriy etilgan.

pas_10_01_2014_1

Portal foydalanuvchilari uning kelgusidagi rivojlanishi va takomillashtirilishiga bevosita yordam beradilar. Shu tufayli, sizdan xizmatlarga ovoz berishda faol qatnashishingizni, interaktiv xizmatlar ko‘rsatish natijalari bo‘yicha davlat organlari javoblarini baholashingizni so‘rab qolamiz.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangiliklarini kuzatib boring http://my.gov.uz/uz/news/index.

Izoh: ushbu xizmat hozirda faqat Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqarolar uchun mavjuddir.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq