Aleksandr Vorobyev “Unitel” MCHJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinland

“VimpelKom Ltd.” Kompaniyalar guruhining “MDH” biznes-birligi “Unitel” MCHJ (“Beeline” SB) Bosh direktori Andrey Safronyuk shartnoma muddati tugaganligi sababli O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayotganini va o‘z karyerasini “VimpelKom” KG dan tashqarida davom ettirishini e’lon qiladi. “Unitel” MCHJ ning moliya direktori Aleksandr Vorobyov Bosh direktorining vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Andrey Safronyuk “Beeline”ning O‘zbekistondagi operatsiyalariga 2010 yil iyundan boshlab rahbarlik qilgan. Ushbu vaqt ichida kompaniya 10 milliondan ortiq abonentlarni jalb qilib, respublikada eng yirik aloqa operatori va telekommunikatsion sohaning yetakchisiga aylandi. Uning rahbarligi ostida “Beeline” tarmog‘i jiddiy kengaydi, ilg‘or “LTE” texnologiyasi bo‘yicha sinovli ishga tushirilishi amalga oshirildi, 3G xizmatlari esa mamlakatning barcha mintaqalarida paydo bo‘ldi.

beeline_10_01_2014

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “VimpelKom” KG MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha Vitse-prezidenti Dmitriy Kromskiy quyidagilarni qayd qildi: “Andrey “Unitel”dagi faoliyati mobaynida kompaniyaning innovatsion afzalliklarini yetakchilikning mustahkam poydevoriga aylantirishga ulgurdi. Bugun “Beeline” O‘zbekistonda birinchi raqamli operator pozitsiyasini dadil egallab turmoqda va bunda rahbarning xizmati ulkan. Andreyga biznesning yangi yo‘nalishlarini rivojalntirishda muvaffaqiyatlar tilayman”.

“Men qadimiy, shu bilan birga hayratda qolarli darajada yosh va jo‘shqin – O‘zbekiston kabi ajoyib mamlakatda ishlash nasib qilganidan faxrlanaman. Biz birgalikda ko‘p sinovlardan o‘tgan “Beeline” jamoasining professionalligi va bor kuchini sarflay bilishiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman va kompaniyaning barcha xodimlariga chin qalbimdan yangi g‘alaba hamda yorqin ishlarni tilab qolaman”, — dedi Andrey Safronyuk.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan 2013 yilgacha kompaniya mukofotlarning to‘la qatoriga ega bo‘ldi, ularning orasida “Uzbekistan Brand Award” tanlovining yakunlari bo‘yicha berilgan “O‘zbekistondagi eng yaxshi brend-2011” hamda “Xalq brendi-2012” unvonlarini ajratish mumkin. Shu bilan birga, ekspertlar “Unitel”ning mehnat bozoridagi erishuvlarini bir necha bor qayd etganlar: “SuperJob” xalqaro rekruting portali keyingi ikki yil davomida “Beeline”ni Telekom-sohaning eng yaxshi ish beruvchisi, deb atab kelmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system