“Beeline Club” aksiyasi doirasida abonentlar yuz minglab bonus ballarni smartfonlarga almashtirishdi
09.01.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom Ltd” O‘zbekistonda) “Beeline Club” bonus aksiyasining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Mazkur aksiya doirasida 2013 yilning 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha abonentlar bonus ballarini telefon, router va modemlarga almashtirishdi.

beeline_9_01_2014

«Ko‘pgina mijozlarimiz uchun “Beeline Club” endi hayot uslubiga aylandi: kompaniya abonentlari ballarni yig‘ib, ularni bonuslarga almashtiradilar, “Beeline” hamkorlaridan jiddiy chegirmalar oladilar, — deya voqeani sharhladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Ular uchun bu aksiya haqiqiy kutilmagan yangilikga aylandi, chunki bonus dasturining eng faol ishtirokchilariga eng yetakchi gadjetlar sovg‘a tarzida berildi».

“Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq