Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi ishlab chiqildi
07.01.2014
Rukn: Internet, Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz ning mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi ishlab chiqildi. Ushbu ilova foydalanuvchilar uchun Yagona portalning “fuqarolar murojaatlarini yuborish” xizmatidan foydalanishda qulay vosita hisoblanadi.

Endilikda fuqarolar “My gov” mobil ilovasi orqali o‘z mobil telefonlaridan davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborishlari, murojaatlariga javob olishlari va shu orqali davlat organlari bilan to‘laqonli o‘zaro aloqada bo’lishlari mumkin.

mygov_7_01_2014_1

“My gov” mobil ilovasini muntazam takomillashtirib borish, bunda foydalanuvchilarning ushbu ilova bo’yicha taklif va mulohazalarini o‘rganish maqsadida takliflar govuz@uzinfocom.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

“My gov” mobil ilovasini play.google.com/store/apps/details?id=com.globalsolutions.mygovmanzilidan bepul yuklab olishlari mumkin.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq