TATUda Android operatsion tizimi uchun ilovalar yaratish bo‘yicha o‘quv seminari boshlandi
07.01.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2012 yil oktyabr oyida TATU hamda Koreya transport milliy universiteti (KTMU) o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumiga binoan, 6 yanvar kuni TATUda universitet, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilovalar yaratish” mavzusida koreyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminari boshlandi.
17 yanvarga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan o‘quv seminarida TATUning 6 nafar o‘qituvchisi va 20 nafar talaba, KTMUning 2 professori va 10 nafar talabasi, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejidan 13 talaba va Toshkent aloqa kasb-hunar kollejidan 12 nafar talaba qatnashmoqda.
O‘quv nihoyasida yaratilgan dasturiy mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
O‘quv seminari talabalarga sohadagi yangi bilimlarni egallashga hamda malakalarini yanada oshirishga yordam beradi.