“Beeline Club” ishtirokchilari soni 4 000 000 kishiga yetdi
07.01.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“VimpelCom Ltd” O’zbekistonda) “Beeline Club” ishtirokchilari soni 4 000 000 kishiga yetgan bonus dasturining kengayishi haqida e’lon qiladi.

beeline_7_01_2014

Loyixaning hamkorlik tarmog’ida butun O’zbekiston bo’yicha 230 kompaniya, ularning orasida Toshkent bo’yicha 95 kompaniya bor, ular Gold va Platinum imtiyozli kartalar bo’yicha chegirmalarni taqdim etishadi, ballarga alishtiriluvchi bonuslar qatorida muloqot uchun daqiqalar, mahalliy va xalqaro SMSlar, internet-paketlar, esdalik sovg’alari va RBT musiqalari (Ring Back Tone — chaqiruv gudoklari o’rniga musiqa) bor.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Yil sayin “Beeline Club”ning ommabopligini isbotlagan holda, uning nafaqat ishtirokchilari soni, balki sheriklarining soni ham oshmoqda. Shunung uchun biz o’tgan yili bonus dasturini kengaytirdik va ballarni zamonaviy telefonlarga, routerlarga va modemlarga almashtirish imkonini berdik”.

Eslatamiz, “Beeline Club” bonus dasturining ishtirokchisiga aylanish uchun, shaxsiy telefondan *777# bepul kodini terish lozim. Dastlabki 20 ball ulanishda sovg’a sifatida taqdim etiladi. Kelgusi ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun taqdim etiladi: dasturning ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilari nafaqat sarflaydi, balki telefon orqali muloqot qilib, bonuslarni ishlab oladi.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq