TATUning yosh o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Inha universitetida malaka oshirib qaytishadi

Inha_University_Main_Hall

2014 yilning 2 yanvaridan 28 fevraliga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda muassasaning hududiy bo‘linmalaridan saralab olingan 10 nafar yosh va iqtidorli o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Inha universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytadilar.

Yosh pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha Inha universiteti tomonidan maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, dasturiy ta’minotlar tahlili va arxitekturasi, dasturiy ta’minot yaratish uslublari, ma’lumotlar bazasi tizimini boshqarish va boshqa mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1942-son Qaroriga asosan tashkil etilgan. Shuningdek, 2014 yilda ham yurtimizdagi 60 dan ziyod magistratura va doktorantura yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarni Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalari sohasida nufuzli hisoblangan oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytishlari ko‘zda tutilgan. Mazkur chora-tadbirlar o‘z navbatida axborot texnologiyalari sohasida malakali, xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Manba

Orphus system