TATU «Kompyuter injiniringi» fakulteti dekani Коmil Toshev bilan suhbat

tuit_27_11_2013

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim tizimlarini rivojlantirish
Hozigi davrda muntazam ravishda, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari faoliyatida tuzilmaviy va sifatli o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Milliy ta’lim tizimini 2015-yilgacha muddatda modernizatsiyalash strategiyasining yo‘nalishlaridan biri kasbiy ta’lim sifatini ko‘tarish sharoitlarini yaratish bo‘lib hisoblanadi.

Strategiya dinamik, rivojlanib boruvchi, ochiq ta’lim tizimlariga moslashuvchi, davlat standartlariga qat’iy rioya etishga tayangan, mehnat bozorining holati va ehtiyojlarini doimiy monitoringi, ta’lim muhitiga integratsiyalangan o‘qitishda yuqori texnologik metodika hamda tamoyillarini qo‘llash, sifat mezonlariga asoslangan ta’lim faoliyatini boshqarish mexanizmlari bilan belgilanadi.

Shu munosabat bilan 2013-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1942 sonli «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi Qarori e’lon qilindi, uning maqsadi etib, respublika iqtisodiy tarmoqlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni xalqaro standartlar dajasida tubdan yaxshilash vazifasi belgilangan. Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining asosiy vazifasi etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro standartlar dajasida sifatli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish belgilangan:
• kompyuter injiniringi;
• dasturiy injiniring;
• telekommunikatsiya texnologiyalari;
• televizion texnologiyalar;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisoq va menejment;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim va mazkur yo‘nalishga muvofiq fakultetlar shakllantirish.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining 2012- yil 10- dekabrdagi ”Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 sonli Qaroriga muvofiq, universitetda 2012-yil dekabr oyidan boshlab universitetda faoliyat yurituvchi 397 nafar o‘qituvchilari uchun ingliz tilini o‘qitish kurslari tashkil etilgan va muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Natijada 2013/2014 o‘quv yili birinchi semestrida ingliz tilini o‘zlashtirgan 22 nafar o‘qituvchi 27ta fan bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga dars o‘tdi. Ulardan 7ta fan «Kompyuter injiniringi» fakultetiga taalluqli, jumladan, «Dasturiy injiniring», «Ochiq kodki dasturiy ta’minot», «Axborot xavfsizligi», «Kriptografik metodlar», «Texnik va dasturiy vositlar ishonchliligi», «Axborot tizimlarini loyihalashtirish» va boshqalar, bu fanlar bo‘yicha turli chet ellarda tajriba orttirgan yuqori malakali o‘qituvchilar dars beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PQ-1942 sonli Qaroriga muvofiq chet el oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimi o‘rganildi va tavsiyaga ko‘ra AKT bo‘yicha prorektor-maslahatchi lavozimi tashkil etilib, Koreyadan yuqori malakali mutaxassis taklif etildi hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejasi yangilandi, jumladan, 5330500 — «Kompyuter injiniringi» (kompyuter injiniringi, AT-servis, axborot xavfsizligi, multimediyali texnologiyalar) yo‘nalishida magistratura va bakalavriat talabalari uchun 57 yangi va 15ta tor yo‘nalishga yangilangan fanlar kiritildi.

Shuningdek, ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26 martdagi PQ-1942 sonli Qarorining amalga oshirilishini ta’minlanishi bo‘yicha choralar kompleksi tasdiqlandi. Mazkur kompleksga muvofiq Germaniya, Fransiya, Koreya, Yaponiya, Angliya, AQSH, Hindiston va boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi mashhur ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni qayta tayyorlash ishlari boshlangan. Jumladan, 2013-yilda TATU’ning 15 nafar xodimi, jumladan, «Kompyuter injiniringi» fakultetining 3nafar o‘qituvchisi dasturlashtirish bo‘yicha malaka oshirish uchun 6 oylik kurslarda Puna (Hindiston) shahrida, 1 o‘qituvchi Koreya Respublikasida (Korea Internet & Security Agency) axborot xavfsizligi bo‘yicha kursda bo‘lib qaytdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 250-sonli «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi Qarorini amalga oshirish bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi «Axborot xavfsizligi markazi» hamda TATU’da «Elektron hukumat» tizimini o‘rganish markazi ochildi. Chet ellar hukumatlaridagi elektron hukumat tizimini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, masalan, 2013-yil dekabrda universitetning 5 nafar o‘qituvchisi elektron hukumat bo‘yicha malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga jo‘natildi.

tuit_27_11_2013_1

Hozirgi davrda universitetda 40dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari, ulardan 15tasi «Kompyuter injiniringi» fakultetida olib borilmoqda, ularda o‘qituvchilar bilan bir qatorda bakalavriatura va magistratura talabalari ham faoliyat yuritmoqda.

2014-yilda amalga oshirish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetida katta rejalar belgilab olingan, ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini yaxshilash va sonini oshirish uchun yangi 14ta ilmiy va o‘uv laboratoriyalarini, jumladan, «Kompyuter injiniringi» fakultetida quyidagi yo‘nalishlarda laboratoriyalar ochish rejalashtirilgan:
• axborot xavfsizligi (axborotni turli xafvli xurujlardan himoya qilish dasturlari va apparatli vositalarini ishlab chiqish va joriy etish);
• IT-servis (korporativ tarmoq va axborot tizimlarini loyihalash va joriy etish);
• multimediyali texnologiyalar (razrabotka i vnedrenie multimediyali vosita va ilovalarni ishlab chiqish va joriy etish).
2. Professor-o‘ituvchilar tarkibini malakasini oshirish uchun chet el oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga jo‘natish, 30dan ortiq o‘qituvchi kompyuter dasturiy injiniring yo‘nalishida malaka oshirish uchun Koreya (KAIST, INXA), Germaniya (Drezden Texnika universiteti), AQSh (Vebster universiteti) va Fransiya (Montebilard Texnologiya universiteti), jumladan, 10 nafar universitet mutxassisi dasturiy injiniring bo‘yicha Koreyaga ikki oylik kursga jo‘natilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875 sonli Qarorini amalga oshirish bo‘yicha o‘qituvchilarga muvofiq yo‘nalishlarda, ingliz tilini o‘qitish, masalan, menejment, AKT va boshqalar bo‘yicha kurslarni davom ettirish rejalashtirilgan.
4. 2014/2015 o‘quv yilida ingliz tilida o‘qitiladigan fanlar sonini oshirish rejalashtirilgan, bu 2013/2014 o‘quv yilida ingliz tilida o‘qitiladigan fanlar soniga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichidir.

Orphus system