«Sharq Telekom» Bosh direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Aminov bilan suhbat
06.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

st_26_11_2013

2013-yil «Sharq Telekom» kompaniyasi uchun qutlug‘ sana yili bo‘ldi, mana 10 yildirki bozorda muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, ishonchli o‘rinni egallab kelmoqdamiz. Kompaniya yamgi maqsad va yangi yutuqlar tomon harakat qilib, intilishlari bilan ishlab chiqilgan qadriyatlar tizimi evaziga mazkur 10 yillik yo‘lni munosib va muvaffaqiyat bilan bosib o‘tdi.

Kompaniyaning bosh qadriyati – bu mijozlarimiz bo‘lib, ularga barcha zarur infrastrukturani bunyod etishga va qulay hamda o‘ziga jalb etuvchi sharoitlar yaratish uchun mehnatimizni ayamaymiz, bor kuch-g‘ayratimizni sarflaymiz.

O‘tayotgan har yil kompaniyamiz faoliyati uchun muhim bosqich hisoblnadi. Xizmatlarimizni takomillashtirish ustida muntazam ish yuritamiz va o‘zimiz hamda butun bozorning, ayniqsa, abonentlarimizning talab, ehtiyozlarini qondirish uchun yangi vazifa hamda yo‘nalishlarni belgilab olamiz. 2013-yil bu masalada alohida o‘rin tutdi. Bunda hurmatli abonentlarimizga alohida e’tibor qaratildi. Ikkinchi yarim yillik abonentlarimiz faol ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan ko‘p sonli aksiyalarga boy bo‘ldi.

Mazkur ro‘yxatda birinchi bo‘lib, «Sharq Space» ko‘ngilochar majmuasida o‘tkazilgan «Sharq Telekom UCG Dota All Stars 5×5» chempionati start oldi. Unda 50dan ortiq jamoa ishtirok etdi. G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar va esdalik sovg‘alari olishga muyassar bo‘ldilar, aksiyaning qolgan ishtirokchilariga kompaniya tomonidan Internet xizmatidan bepul foydalanish uchun sertifikat taqdim etildi.

2013-yil iyun-dekabr oylarida o‘tkazilgan «Do‘stingiz bilan birga keling va ulaning» aksiyasi sharti bo‘yicha har bir ishtirokchi abonent kompaniya xizmatlariga ulanib, sovg‘a sifatida «Sigma» Internet-kartasini olishga muyassar bo‘ldi. «Bepul internetga ega bo‘l» aksiyasi 2013-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazildi va uning asosida xodimlar uy-Internetiga bepul ulanish imkoniyati taqdim etiladigan korporativ mijozlarning sodiqligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

«Biz bilan bo‘l!» aksiyasi 2013-yil 1-oktabrdan 30-noyabrgacha o‘tkazildi va Internet xizmatiga ulangan har bir yangi abonentga mazkur oylarda «ASUS X550V» noutbugi yutug‘i qo‘yilgan ajoyib imkoniyat taqdim etildi. Abonentlar ikki oy mobaynida sabrsizlik bilan kutdilar va aksiya natijalari kompaniya ofisida 16-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirda ma’lum bo‘ldi. Ko‘p sonli mehmonlar va aksiya qatnashchilari ishtirokida tasodifiy tanlov usuli vositasida g‘olib aniqlandi, 205-raqamli Rahimov Dilshod Normatovichga tegishli chipta yutuqli bo‘ldi. «Sharq Telekom» aksiya g‘olibini qutlaydi va qolgan barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Kompaniyaning ijtimoiy yo‘nalganligi – faoliyatimizning ajralmas qismidir. Qo‘llab-quvvatlash masalalari va turli ijtimoiy loyihalarga homiylik yordamini ko‘rsatishda jamiyat oldida mas’ulmiz. 2013-yil iyun oyida xalqaro bolalarni himoya etish kuniga bag‘ishlangan «Sharq Space» ko‘ngilochar majmuasida bolalar uchun bayram o‘tkazildi. Bayramga turli tanlovlarda ishtirok etgan, unutilmas hayajonli quvnoq onlar va sovg‘alar bilan siylangan, 150dan ortiq bola taklif etildi.

2013-yil noyabr oyida kompaniya «O‘zbekiston tadbirkor ayollari uyushmasi» tomonidan tashkil etilgan «Tadbirkor-Ayol» tanlovining o‘tkazilishida Toshkent shahri bo‘yicha homiy sifatida ishtirok etib, homiylik yordamini ko‘rsatdi va ayollar tadbirkorligi rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Kompaniya tarif siyosati mijozlarimiz ehtiyoji va imkoniyatiga asoslanadi. Shubhasiz, arzon narxda sifatli servis taqdim etishga intilamiz. Shundan kelib chiqib, abonentlarimiz xohishlarini e’tiborga olib, 2013-yil noyabr oyida jismoniy shaxslar uchun tungi limitsiz ulanish imkoniyati bilan «Night» seriyasi tarif-rejasiga o‘zgarishlar kiritildi. Natijada Internet tarmog‘iga ulanish tezligi 2 marta oshirildi, shu tariqa, tezlik 2 Mbit/s.gacha o‘sdi.

Kompaniya abonentlari soni oshib borishi munosabati bilan xizmat sifatini qo‘llab-quvvatlash uchun muntazam ravishda Internet-kanalni kengaytirish ishlarini amalga oshiramiz. 2013-yil 2-yarim yillik natijalariga ko‘ra 1-yarim yillikka nisbatan Internet-kanali 25 foizga oshirildi.

Kompaniya turli xarakterdagi ichki resurslar seriyasiga ega, ularga abonentlarimiz kechayu kunduz va bepul ulanadilar. Abonentlar tomonidan eng sevimli va yorqinlari quyidagilar:

myMusic – turli uslub va yo‘nalishdagi barcha eng yangi va yaxshi treklar/kliplar.
myFilms – badiiy, hujjatli, multiplikatsiya filmlari va seriallar to‘plami.
mySoft – kompyuteringiz uchun eng ommabop, qulay va foydali dasturlar.
myGames – o‘yin ishqibozlari, oyinli yangiliklar, videosharhlar, anonslar, treylerlar va har qanday qiziqishga mos o‘yinlar to‘plami sayti.
myForum – kompaniyaning so‘nggi yangiliklarining muhokamasi, qiziqtirgan har qanday mavzular bo‘yicha muloqot qilish, shunchaki yangi tanishlar orttirib, vaqtni ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazish mumkin bo‘lgan forum. Kompaniyamiz abonentlari orasida ichki resurslar ommabop va katta talabga egaligiga qaramay, qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun ularni qiziqarli kontent bilan to‘ldirishga, muntazam va tizimli ravishda, ularni modernizatsiyasiga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazamiz.

Kompaniyaning 2014-yil uchun rejalari aniq, muhimlari va alohida e’tibor qaratish talab etiladiganlari belgilangan. Yangi 2014-yilda kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 2013-yilda boshlangan qator yirik loyihalarni yakunlash rejalashtirilgan. Abonentlarimizni ko‘plab yangi kiritilgan va qayta tashkil etilgan yoqimli sovg‘alar kutmoqda. «Sharq Telekom» kompaniyasi barcha mijozlar, hamkorlarga ishonchlari hamda hamkorlik qilayotganlari uchun minnatdorlik bildiradi. Yangi 2014-yil Sizga omad, hayotiy farovonlik va yaxshi kayfiyat taqdim etsin!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq