O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari Assotsiatsiyasi ijrochi direktori Ilhom Abdullayev bilan suhbat

it_23_12_2013

Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar bilan professional hamkorlik instituti hisoblangan O‘zbekiston IT-assotsiatsiyasi (bugungi kunda Assotsiatsiya tarkibida O‘zbekiston IT-sohasidagi 50dan ortiq yetakchi kompaniyalar kiradi) O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish va axborotlashgan jamiyatni shakllantirish bo‘yicha turli rejali ishlarda hamkorlik qiladi.

Assotsiatsiya o‘tgan yillardagi kabi o‘z faoliyatini axborot muhitida amalga oshiruvchi, eng yangi uskunalar, texnologiya va xizmatlar sohasida keng taqdimotli faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga qaratadi.

O‘tgan yilda Assotsiatsiya ishining muhim yo‘nalishi bo‘lib, uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-sonli Qaroriga muvofiq yaratilgan mas’ul operator sifatida kompyuter savodxonligini baholash tizimlari (KSBT)ga qaratilganligi hisoblanadi. Mazkur faoliyat doirasida Assotsiatsiya on-layn rejimda testdan o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus axborot tizimlaridan foydalanishni amalga oshirdi. Test sinovlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq respublikaning barcha mintaqalaridan 112ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari testdan o‘tkazildi.

2013-yilning mart-dekabr oylarida Assotsiatsiya O‘zbekistonda amalga oshirilgan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi me’yorlarining aprobatsiyasi bo‘yicha huquqiy eksperiment tadbirlarida faol ishtirok etdi. Assotsiatsiya loyihaning rasmiy internet-saytini amalga oshirishda, huquqiy eksperimentni amalga oshirishning borishi haqida statistik ma’lumotlarni yig‘ish va avtomatik qayta ishlash, ishlab chiqilgan qonun loyihasi me’yorlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etdi.

it_23_12_2013_1

Assotsiatsiya mamlakatimizda dasturiy ta’minot industriyasini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha faol faoliyat yuritadi. Shu boisdan ham Assotsiatsiya 2013-yil 15-16 may kunlari o‘kazilgan BEST SOFT UZBEKISTAN 2013 ko‘rgazmasi Milliy forumining tashkilotchisi sifatida chiqdi.

Forumda jamiyatning turli sektorlari: davlat boshqaruvi, biznes, jamoat tashkilotlari va boshqalardan 200dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Forumda O‘zbekiston softver industriyasi rivojlanish muammolari va istiqboli muammolari, ochiq DT sohasida mahsulotlar va yechimlar yaratish jarayonlarini rag‘batlantirish, IT-ta’lim va boshqalar muhokama etildi. Forum natijalariga muvofiq O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va joriy etishni yanada rivojlantirish sohasida qaror qabul qilindi.

An’anaga ko‘ra «O‘zekspomarkaz» MKM hududida o‘tkazilgan BEST SOFT UZBEKISTAN 2013 ko‘rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi va bu uning ishida talabalar yanada faol jalb etilishiga imkon berdi. Ko‘rgazmada kompaniya stendlarining umumiy maydoni 650 m2 ni tashkil etdi. Ko‘rgazma ish kunlari 12000dan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurdilar.

Ko‘rgazma ta’limiy dasturlari juda rang-barang bo‘ldi, uning doirasida ta’limiy seminarlar va softver mavzusiga yo‘naltirilgan turli dolzarb mavzulardagi mahorat maktablari videotranslyatsiyasi o‘tkazildi. O‘tkazilgan respublika tanlovlari natijasida eng yaxshi softver kompaniyalariga quyidagi: Dasturiy mahsulot – yil rusumi; Yilning eng yaxshi joriy etilgan loyihasi; IT-ta’lim sohasidagi eng yaxshi kompaniya; 2012-yilda davlat organlariga joriy etilgan eng yaxshi loyiha; Ta’lim sohasida eng yaxshi innovatsion kompaniya; Eng yaxshi talabalar ishi nominatsiyalarida diplomlar va esdalik sovrinlari berildi. Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni bo‘sh o‘rinlar yarmarkasi «IT-mutaxassislar lavozimlari kuni» aksiyasi o‘tkazildi. Assotsiatsiya faoliyatida eng ahamiyatli tadbirlar INFOCOM 2013 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ICTExpo 2013 An’anaviy Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi hisoblanadi.

2013-yil 25-27 sentabr kunlari bir vaqtda Toshkent va Jizzax shaharlarida o‘tkazilgan ICTExpo 2013 An’anaviy Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi axborot texnologiyalarining mintaqalarga kirib borish darajasi o‘sganligini ko‘rsatdi. Ko‘rgazma ish kunlari mobaynida videoko‘prik, veb-translyatsiya tashkil etilib, bu tashrif buyurganlarga bir vaqtda o‘tkazilgan ko‘rgazmalar 202ta kompaniyalarning eksponentlari bilan tanishish imkonini berdi. Eksponentlar soni 2012-yilga nisbatan 30ta kompaniyaga ortdi. Ko‘rgazmalar stendlari qurilgan umumuy maydon 2360 kv.m.ni tashkil etdi. Undan Toshkent shahrida 1680 kv.m va Jizzax shahrida 680 kv.m. ni tashkil etdi.

Assotsiatsiya davlat boshqaruvi asosida axborotlashtirish sohasida homiylar bilan hamkorlikda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etib, aksiya homiysi – Uztelecom kompaniyasi bo‘lgan «Axborot texnologiyalari – bolalarga» aksiyasi doirasida Jizzax axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga kompyuter sinfi (15ta kompyuter, ko‘pfunksiyali nusxa ko‘chirish qurilmasi, 15ta UPS, 1ta proyektor, 1ta printer)ni bepul taqdim etishni amalga oshirishda ishtirok etdi.

Assotsiatsiya tomonidan amalga oshiriladigan ta’limiy faoliyat juda rang-barang. 2013-yil mobaynida taqdimotli seminarlar: «Global Solutions»dan yangi mahsulot taqdimoti», ««Biznes-Analitik» PerformaBISuite bazasidagi – BI sinfi (BusinessIntelligence) ma’lumotlarni korporativ saqlash va yechimlarni qabul qilishda qo‘llab-quvvatlash tizimi (SPPR)», «Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha zamonaviy yechimlar», «ICANN vitse-prezidenti va UZ domeni ro‘yxatga oluvchilari bilan uchrashuv, «Mobil ilovalar ishlab chiquvchilar konferensiyasi», «Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) uchun Cisco kompaniyasi yechimlari», «Davlat xizmatlarini yanada yaqin va ochiqlashtirish» va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. «O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari industriyasi rivoji», «Davlat va jamiyat qurilishi tizimida siyosiy modernizatsiya jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb vazifalari, shuningdek, O‘zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari» va boshqa mavzulariga bag‘ishlangan «davra suhbatlari» o‘tkazildi.

Assotsiatsiyaning 2014-yildagi muhim rejalari qatorida bundan keyin ham axborotlashtirish sohasi organlari vakillari – O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi, axborotlashtirish sohasi boshqa subyektlari ishtirokchilari bilan ijtimoiy hamkorlik jarayonlarini amalga oshirish doirasida samarali hamkorlikni shakllantirishga intilishini ta’kidlab o‘tishni xohlardim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumatining dasturiy ta’minot bilan ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi dasturchi-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qarorlarini amalga oshirishda o‘z hissamizni qo‘shishni rejalashtirganmiz.

Yangi yilda Assotsiatsiya mamlakatimiz axborot bozorining barcha ishtirokchilariga ishonchli va samarali hamkor bo‘lishiga ishonaman va uning faoliyati mamlakatimizda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlari, «elektron hukumat» tizimlari, axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlarini yanada faollashtirishga va rivojlanishiga qaratiladi.

Orphus system