LG Electronics kompaniyasining innovatsion ishlanmalari
06.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

lg_30_11_2013

LG kompaniyasi odamlarga qulay va samarali maishiy elektronikani, uy uchun va ko‘ngilochar texnologiyalarini taqdim etib, oltmish yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya faoliyatining dastlabki kunlaridanoq va hozirgi davrda ham — doim innovatsiyalar kiritish hamda faqat eng yaxshisini yaratish – tamoyiliga amal qiladi.

Shu munosabat bilan 2013-yilda LG Electronics kompaniyasi «It’s All Possible» — «С LG это все возможно (LG bilan hammasini uddalash mumkin)» shioriga muvofiq, ko‘p yillar texnologiyalar va ite’molchilar uchun tanish bo‘lgan brendi imijini rivojlantirishga qaratilgan yangi strategiyasiga o‘tdi.

Ehtimol bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Kun sayin mazkur soha bozorida ko‘plab yangi o‘yinchilar paydo bo‘lmoqda. Biroq yetakchilik vaziyatini zabt etish uchun va mustahkam o‘rin egallash uchun shunchaki mahsulotlarni ishlab chiqarishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun ijodkorlik, insonlar kayfiyatini va ularning talablarini chuqur his etish, yangi oqimlar mohiyatini tezkor anglab yetish zarur. Aynan shular kompaniya o‘tgan yillar mobaynida erishgan muvaffaqiyatlari va yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari asosidir.

2013-yil alohida ba yorqin hodisalarga boy bo‘ldi. IDC1 ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi yil choragiga muvofiq, LG yetkazib berish hajmiga asosan yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilar uchligidan o‘rin egallagan. Bu yo‘nalish bugungi kunda yanada istiqbolli hisoblanadi, shu sababli kompaniya ishlab chiquvchilari yangi va qiziqarli modellar ustida faol ish yuritmoqdalar. Faqat shu yilning o‘zida bir vaqtda qator smartfonlar taqdim etildi, ularda alohida e’tibor a’lo darajadagi ichki texnologik xususiyatlaridan tashqari, chiroyli va ta’sirli dizaynga ega bo‘lishiga qaratildi.

LG G2. 2013-yil yoz faslining oxirida taqdim etilgan ajoyib LG G2 flagman smartfoni, IPS-matritsali 1920 x 1080 pikselli (423 ppi) razresheniyeli 5,2 duymli SK-displey blan jihozlangan. U Android 4.2.2 Jelly Bean operatsion tizimi asosida ishlaydi. Qulaylik uchun qurilmaga bir necha foydali dasturiy, blokirovkalash/blokirovkadan chiqarish uchun ikkilanma tap funksiyalari va pastki panelini boshqaruvchi elementlarni sozlash imkoniyati qo‘shilgan.

lg_30_11_2013_1

G Flex. Shunindek, yangiliklar qatorida inson yuzi konturini takrorlaydigan egiluvchan LG G Flex smartfoni alohida e’tiborga loyiq. Noodatiy shakliga qaramay, telefon hayratlanarli mustahkam, pishiq ishlangan va juda zamonaviy ko‘rinadi. Yana uning ajoyibligi LG G2. LG G Flex modellarida ilk bor foydalanilgan — nafaqat egiluvchan telefon smartfon(Rear Key)ning orqa panelida apparatli tugmachalar bilan jihozlanganligidir. Uning shakli evaziga so‘zlshuv davrida foydalanishda boshga jips qo‘yish mumkin. Kompaniya LG G Flexni yaratishda egiluvchanlik smartfonda shunchaki emas, balki displeyi ham egiluvchan bo‘lishi zarurligini yaxshi tushunadi. Shu sababli mazkur telefonning muhim xususiyati bo‘lib, uning egilgan batareyasi hisoblanadi. Bunday batareyasiz mazkur smartfonni yaratish mumkin bo‘lmasdi. Bu konstruksiyasi evaziga batareya 3500 mAchdan iborat bo‘ldi. Telefonning o‘zi juda mustahkam va 40 kilogramm og‘ilikdagi bosimni ko‘tara oladi. Testdan qatorasiga 100 marta o‘tkazildi va qurilma konstruktsiyasiga hech qanday zarar yetmadi.

Nexus 5. LG kompaniyasi Nexus 4 smartfonini Googleda muvaffaqiyat bilan taqdim etishni amalga oshirganidan so‘ng Nexus 5ni anonsiga kuchlarni birlashtirdi. 5 duymli Full HD razresheniyesiga ega sensorli displey jihozlahtirilganligi bilan hayratga soladi. Smartfon — 16 Gb va 32 Gb kitilgan xotirasiga ega ikki versiyada taqdim etildi. Nexus 5 8 Mp razresheniyeli kameraga ega. Bu jahonda Android 4.4 KitKat OT bazasidagi dastlabki smartfondir.

LG Pocket Photo. O‘tgan yilda LG kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan LG Pocket Photo mini-printeri ixchamligi bilan shov-shuvlarga sazovor bo‘ldi. Fotosuratni chop etish uchun Android yoki iOS operatsion tizimi, shuningdek, maxsus LG Pocket Photo ilovalari mavjud bo‘lgan smartfonga ega bo‘lishingiz zarur. Bluetooth yoki NFC yordamida qurilmani sinxronlashtirish yetarli bo‘lib, fotosuratlarni chop etish mumkin. U kaftda, sumka yoki ryukzakda oson joylashadi, o‘zining maxsus qog‘oziga ega bo‘lib, kartridj talab etmaydi, rozetkaga (hech bo‘lmaganda, doimiy) ulab, o‘z ishini bajarishi: 5 x 7,5 sm o‘lchamli fotosuratlarni chop etishi mumkin.

LG G Pad 8.3 plansheti. Planshet Android 4.4 KitKat operatsion tizim asosidagi ochiq kodli dastlabki Android-qurilma bo‘ldi. LG Electronics kompaniyasi LG G Pad 8.3 birinchi LG plansheti bo‘lib, Google Play Edition qurilmalari seriyasiga mo‘ljallangan. Planshet yangi Android™ 4.4, KitKat® operatsion tizimlari bazasida Googledan ochiq kodli dasturiy ta’minotning birinchi versiyasida ishlaydi. U ajoyib 1920 x 1200 razresheniyeli WUXGA Full HD IPS displey bilan jihozlangan. LG G Pad 8.3 plansheti qo‘lda ushlash qulay bo‘lishi uchun yuoqa hamda aniq egilgan chiziqlari bilan ajralib turuvchi, qurilmaning ixcham zamonaviy dizaynining yaratilishiga sabab bo‘lgan iste’molchilar fikr-mulohazalariga asosan ishlab chiqilgan. Kuchli 4 yadroli protsessor 1,7 Gts Quad-Core Qualcomm® Snapdragon™ 600 va planshetni a’lo darajada va uzoq muddat ishlab, xizmat qilishini ta’minlovchi 4,600 mAch sig‘mli batareyaga ega.

ET63 Touch 10. LG kompaniyasi yangi ishlanmalar — ET63 Touch 10 modeli sensorli monitorni rasman taqdim etdi. Yangilik sig‘imli turdagi, bir vaqtda barmoqlar bilan o‘n martagacha tegishni sezib, aniqlaydigan, shuningdek, Windows 8 operatsion tizimga moslashtirish imkoniyatiga ega sensorli ekrani mavjudligi bilan farqlanadi. Monitorning yana bir konstruktiv xususiyati o‘zining noodatiy shakli, biroq shu bilan birga, monitorni ushlab turish va zarur holatda mustahkamlash uchun ergonomik qo‘ygich mavjidligi bo‘lib hisoblanadi. 23 duymli ekranning o‘zi 15-55 daraja diapazonda boshqariladi. Bundan tashqari, qurilma zamonaviy, biroq jiddiy tashqi qiyofasi bilan e’tiborni jalb etadi.

LG OLED TV. 2013-yilda jahon bozorida birinchi bor taqdim etilgan futuristik LG OLED TV televizori o‘zida ilg‘or CINEMA 3D texnologiyasi va keng multimediyali imkoniyatlardan maksimal darajada qulaylikka erishish uchun Smart TV platformasini jamlagan. Kompaniya xususiy yaxshilangan WRGB OLED texnologiyasini ishlab chiqdi. Yangi shakldagi dizaynning an’anaviy yondashuvdan ustunligi uning yupqa 55 duymli, bor-yo‘g‘i 4 mm qalinlikdagi televizor ramkasidagi ekranga egaligidir.

Ultra HD. LG’dan yangi Ultra HD 3D-televizorini tomosha qilish ko‘p yoqimli taassurot qoldiradi. U ikki 10 Vt dinamik va ikki 15 Vt sab-vuferdan tashkil topgan 2.2 akustik tizim bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Ultra HD 84 duymli televizorda o‘zida 500dan ortiq ilovalar va onlayn-servislarni jamlagan LG Smart TV ekotizim kiritilgan.

2013-yil yutuqlari va 2014-yil rajalari haqida
LG kompaniyasi Electronics 2014-yilda dastlabki haqiqiy egiluvchan smartfonni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qurilmaning korpusini 90 darajagacha kuch bilan egish mumkin, natijada gadjet o‘zgarmaydi va ish faoliyatini davom ettiradi. Egiluvchan smartfonni ishlab chiqarish qayiltirib, ixchamlab yig‘ish mumkin bo‘lgan egiluvchan displeyni ishlab chiqarish tomon oraliq qadam bo‘ladi.
Bundan tashqari, LG Electronics kompaniyasi 2013-yil yilning uchinchi choragidagi natijalarida umumiy daromadi 10,89 mln. AQSH dollarini tashkil etganligini e’lon qildi. Mobil qurilmalari savdosi o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga oshdi. LG operatsion daromadda 27 foizli, yilning uchinchi choragida o‘tgan yil natijalarga nisbatan 196,34 mln. AQSH dollariga o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

LG Home Entertainment Company 4,50 mlrd. AQSH dollari daromad haqida biznes-tabrikni e’lon qildi, bu televizorlar hamda ularning narxini tushirshga global talabning tushishini ifodalovchi ko‘rstkich bo‘lib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 7 foizga kamaydi. Savdo asosan Osiyo va MDH mamlakatlarida rivojlanmoqda, Yevropada ham samarali amalga oshmoqda. Operatsion daromad bir vaqtda ikki yo‘nalashda oshib, 111,68 mln. AQSH dollarini taskil etdi, natijada: yilning uchinchi choragidagi va o‘tgan yil natijalarga nisbatan operatsion va marketing xarajatlarini nazoratini yanada samarali oshirildi. Hozirgi davrda bayramlar munosabati bilan savdo mavsumi kichayib, LG OLED va ULTRA HD-televizorlari kabi o‘z mukofotga loyiq mahsulotlari savdosini global darajada oshirishni, xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirishni rejalashtirgan.

LG Mobile Communications Company kompaniyasi yilning uchinchi choragidagi daromadlari o‘tgan yil shu davriga nisbatan 24 foizga oshib, yanada yaxshilandi va 2,75 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Yilning uchinchi choragida smartfonlar yetkazib berish 12 mln. donani tashkil etdi va o‘rtacha chakana savdodagi daromadga bozordagi raqobat va marketing investitsiyalari ta’sir etdi. LG yangi mukofotga loyiq mahsuloti savdosini oshirishni rajalashtirgan, LG G2 kabi smartfonlari, shuningdek, o‘rta segment qurilmalari bilan 3G evaziga II va F seriyali telefonlari savdosini bayramlar arafasida oshirishga muyassar bo‘ldi.

LG 2014-yil yangiliklar sohasida kutilmagan sovg‘alar taqdim etishi uchun rejalarining ko‘p qismini sir saqlashga qaror qildi.

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq