Dasturiy ta‘minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi Nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi

soft_3_01_2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 20 sentabr kuni imzolangan “O‘zbekistonlik dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2042-son qarori ijrosi yuzasidan, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risida”gi Nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yilning 26 dekabr sanasida №2541 raqami bilan ro‘yxatga olindi.

“Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risida”gi Nizom bilan quyidagi manzilda to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.

Milliy reyestrga yurtimizdagi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi, faoliyat ko‘rsatishni boshlaganiga eng kamida uch oy bo‘lgan, so‘nggi uch oy mobaynida o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar ixtiyoriy hamda bepul ravishda kiritiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentabrdagi “O‘zbekistonlik dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarni rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2042-son qarorida dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar haqida ma’lum qilgan edik.

Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari Milliy reyestrga pochta yoki www.software.uz portalidan internet tarmog‘i orqali tegishli ravishda ariza topshirib, a’zo bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: 150-02-53, 383-99-79. e.mail: info@ict.uz

Orphus system